Prezident Şavkat Mirziyoyev 23 sentabr kuni BMT Boş Assambleyasida sözlagan nutqida Özbekistondagi özgarişlar haqida töxtalib ötdi.

“Biz Barqaror rivojlaniş maqsadlariga hamohang holda, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy Yangi Özbekistonni barpo etiş siyosatini olib bormoqdamiz. Ortga qaytmas islohotlarimizni izçil davom ettiryapmiz. Ustuvor maqsadimiz – mamlakatimizda yaşayotgan har bir oilaning, har bir fuqaroning hayotini tubdan özgartiriş, inson qadrini va farovonligini oşirişdir.

Sönggi yillarda Özbekistonda kambağallik darajasi 35 foizdan 6,6 foizgaça qisqartirişga erişdik. Bunga avvalo ta’lim va ilm-fan sohasini özgartiriş, innovatsion tarmoqlar va texnologik sanoat korxonalarini barpo etiş, yaşil energetika va transport infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, kiçik biznesni har tomonlama rivojlantiriş va natijada millionlab iş örinlarini yaratiş orqali erişmoqdamiz.

Mamlakatimizda maktabgaça ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizgaça oşdi. Yoşlarimizning oliy ta’lim bilan qamrovi esa 9 foizdan 42 foizga yetdi. Eng asosiysi, öqituvçi va ustozlik kasbining obrösi va nufuzini keskin oşirişga hal qiluvçi masala sifatida qaramoqdamiz. Pedagoglarning özaro tajriba va bilim almaşiş uçun yagona xalqaro platformani yaratiş maqsadida Özbekistonda butunjahon professional ta’lim sammitini ötkazişni taklif etamiz.

Şuningdek, mamlakatimizda ilğor soğliqni saqlaş tizimini yaratmoqdamiz. Ertaga BMT boş qarorgohida taşabbusimiz bilan bolalar saratoni va boşqa oğir kasalliklarga qarşi kuraşga bağişlangan yuqori darajadagi tadbir ötkaziladi. Unga barça xorijiy hamkorlarimizni taklif etamiz.

Yana bir muhim yönaliş – gender siyosati. Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayoti va tadbirkorlik sohasida xotin-qizlarning rolini bundan buyon ham mustahkamlaşni maqsad qilganmiz. Keng mintaqamiz miqyosida esa Osiyo xotin-qizlar forumini doimiy platformaga aylantirib, muntazam ötkazib boriş tarafdorimiz.

Yana bir bor ta’kidlamoqçiman, biz Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş yölida olgan majburiyatlarimizga sodiqmiz. 2030 yilga borib daromadi örtaçadan yuqori bölgan mamlakatlar qatoriga kirişni niyat qilganmiz. Şu maqsadda oçiq va pragmatik siyosatimizni izçil davom ettiramiz”, – dedi prezident.