Odamlar orasida miya salomatligi uçun “kam miqdorda içiş foydali bölişi mumkin” degan qaraş mavjud. Oksford, Yel va Kembrij universiteti olimlari olib borgan yirik tadqiqot bu fikrni inkor etdi.

BMJ Evidence-Based Medicine jurnalida naşr qilingan ilmiy izlanişda ta’kidlanişiça, hatto eng yengil turdagi spirtli içimlik ham demensiya (xotira va tafakkur faoliyatining keskin pasayişi) xavfini oşiradi. Mualliflar bunday odatning miya uçun “xavfsiz çegarasi yöqligini” qayd etdi.

Tadqiqotda spirtli içimlik iste’moli va demensiya örtasidagi boğliqlik batafsil tahlil qilindi. Olimlar AQŞdagi Million Veteran Program hamda Buyuk Britaniyadagi UK Biobank bazalaridan 559 ming 559 nafar iştirokçining soğliq ma’lumotlarini örgandi. Ularning orasida 14 ming 540 kişiga turli körinişdagi demensiya taşxisi qöyilgan edi.

Şuningdek, olimlar 45 ta alohida tadqiqotni jamlab, 2,4 million iştirokçining genetik ma’lumotlari asosida qöşimça tahlil ötkazdi. Mazkur jarayonda genetik moyilligi yuqori bölgan kişilar köproq içkilik iste’mol qilişi va buning natijasida demensiya xavfi sezilarli darajada ortişi kuzatildi. Xususan, spirtli içimlik iste’molini ikki barobarga oşiriş demensiya xavfini 16 foizga köpaytirişi malum böldi.

Kuzatuv tahlillari boşqa bir muhim körsatkiçni ham oçib berdi: Haftasiga içiladigan alkogol miqdorini uç baravar oşiriş demensiya xavfini 15 foizga kötarişi aniqlandi.

Tadqiqot mualliflari aytganidek, bu natijalar “kam miqdordagi içimlik foydali bölişi mumkin” degan keng tarqalgan qaraşni butunlay inkor etadi. Aksinça, har qanday darajadagi spirtli içimlik iste’moli miya salomatligi uçun xavf tuğdirişi, demensiya xavfini oşirişi isbotlandi.

“Bizning natijalar kam miqdordagi alkogol miya salomatligi uçun foydali bölişi mumkin degan qaraşni rad etadi. Genetik dalillar heç qanday himoya ta’sirini körsatmadi, aksinça qarama-qarşi natija berdi. Hatto oz miqdordagi yoki örta darajadagi içkilik ham demensiya xavfini oşiradi. Şu sababli, aholida umumiy alkogol iste’molini kamaytiriş bu kasallikning oldini olişda muhim ahamiyatga ega bölişi mumkin