"Palau davlat vaziri Gustav Aytaro janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari.
Mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatishga doir tarixiy hujjat – qo‘shma kommyunike imzolandi.
"Ushbu muhim qadam nafaqat o‘zaro ezgu niyatimizni ifoda etadi, balki hamkorlik va sheriklikning istiqbolli kelajagiga yo‘l ochadi.
O‘zbekiston va Palau o‘rtasida yangi imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish hamda mustahkam va uzoq muddatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz", deydi Baxtiyor Saidov.











