Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev 26 sentabr kuni Fan va texnologiyalar böyiça milliy kengaş yiğilişida nutq sözladi. Uning sözlariga köra, ilm-fan va texnologiyalar barça davlatlar uçun strategik ahamiyatga ega.

Töqayev öz nutqida global iqlim sammitlarini ommaviy firibgarlikka öxşatişini aytdi.

«Men Dubay va Bokuda bölib ötgan global iqlim sammitlarida iştirok etdim. Men öz taassurotlarimni hamkasblarim va hukumat a’zolari bilan örtoqlaşdim va sodir bölayotgan voqealar köproq keng kölamli firibgarlikni eslatişini oçiq aytdim. Mening sözlarimni boş vazir Öljas Bektenov ham tasdiqlaşi mumkin. Kuni keça AQŞ prezidenti Donald Tramp BMT minbaridan xuddi şunday bayonot bilan çiqdi: «Iqlim özgarişi - dunyoda sodir etilgan eng katta firibgarlikdir». Şuning uçun Qozoğiston 35 yil içida töliq dekarbonizatsiyani amalga oşiriş böyiça rasmiy rejalarini e’lon qildi. Bugungi kunda Qozoğistonda 118 milliard kilovatt energiya işlab çiqarilmoqda. Bu yetarli emas. Raqamlaştiriş va sun’iy intellekt rivojlangani sari mamlakatning energiyaga bölgan ehtiyoji jadal ösib borişi aniq», dedi Qosim-Jömart Töqayev.

U energiya manbalaridan samarali foydalaniş zarurligini aytdi. Avvalo, gap kömir haqida bormoqda. Töqayev ta’kidlaganidek, Qozoğiston yiliga 113 million tonna kömir qazib oladi va bu körsatkiç böyiça dunyoning yetakçi önta davlati qatoriga kiradi.

23 sentabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp iqlim inqirozini «eng katta firibgarlik» deb atadi. U BMT Boş Assambleyasida tegişli bayonot bilan çiqdi.

«BMT va boşqa köplab taşkilotlar tomonidan köpinça yomon niyatlarda qilingan bu başoratlarning barçasi notöğri bölib çiqdi. Ularni öz mamlakatlariga qimmatga tuşgan va bu mamlakatlarni muvaffaqiyat qozoniş imkoniyatidan mahrum qilgan ahmoq odamlar yaratgan. Agar siz bu «yaşil firibgarlikdan» voz keçmasangiz, mamlakatingiz muvaffaqiyatsizlikka uçraydi. Men bunday başoratlarni juda yaxşi bilaman», dedi Oq uy rahbari.