Toşkent viloyatining Quyi Çirçiq, Oqqörğon, Piskent va Böka tumanlaridagi boğçalarda bolalar ovqatdan zaharlandi. Ayni paytda Quyi Çirçiq tumanida 12 nafar, Oqqörğon tumanida 97 nafar bola şifokorlar nazoratida bölib, ularning salomatligi barqaror. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, 25 sentabr kuni Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, vazir örinbosari Azizbek Turdiyev mazkur holatlarni şaxsan örganiş maqsadida Quyi Çirçiq, Oqqörğon, Piskent va Böka tumanlaridagi maktabgaça ta’lim taşkilotlarida böldi. Hududiy huquqni muhofaza qiluvçi organlar, mahalliy hokimlik mas’ullari bilan hamkorlikda boğçalarning ayni vaqtdagi holati, oşxonalardagi mavjud şaroitlar közdan keçirildi. Boğça rahbarlari, tarbiyaçilar bilan muloqot qilindi.

Ta’kidlanişiça, Quyi Çirçiq tumanida 12 nafar, Oqqörğon tumanida 97 nafar bola şifokorlar nazoratida, ularning salomatligi barqaror.

«Tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda ehtiyot çorasi sifatida Piskent va Böka tumanlaridagi boğça tarbiyalanuvçilari navbati bilan şifokorlar nazoratidan ötkazilmoqda. Hozirgaça bolalar soğliğiga jiddiy xavf soladigan holatlar aniqlanmagan», deyiladi xabarda.

Xabarga köra, yuzaga kelgan holat huquq-tartibot organlari tomonidan nazoratga olingan va tergov jarayonlari boşlangan.