“Isroilga Ğarbiy sohilni anneksiya qilişiga ruxsat bermayman”, dedi AQŞ prezidenti Donald Tramp Yaqin Şarq yetakçilari bilan Nyu Yorkdagi uçraşuvdan keyin. Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilar Farhod Karimov va Şuhrat Rasul bu bayonotning amaliy ahamiyati katta emasligini qayd etdi.
— Isroil Ğarbiy sohilni töliq anneksiya qilişga qaror qilib, operatsiya boşlasa, Trampning bayonotidan keyin AQŞ BMT Xavfsizlik Kengaşida bunga qarşi rezolyuyatsiyaga veto qöymasligi mumkinmi?
Farhod Karimov: Hozirça yöq. AQŞ Isroilni faqat oğzaki tanqid qilişi mumkin. Oldingi prezident Netanyahuni hatto haqorat qilişgaça borgan, oldingi davlat kotibi Ğazodagi uruş boşlangaç Yaqin Şarqqa 5 marta borib, “vaziyat özgaradi” degan bayonotlar bergan. Yaqinda ham Isroilning Qatarga zarbasidan keyin AQŞ “bu biz bilan kelişilmagan edi, buni qoralaymiz” degani bilan, BMTdagi yakuniy qarorlar boşqaça böldi: rezolyutsiyaga AQŞ veto qöydi.
Isroil va AQŞ örtasida şaxslar örtasidagi kelişmovçilik yoki tanqidlar bölişi mumkin, lekin davlatlararo strategik munosabatlar saqlanib qoladi.
Ikkinçi masala – Trampning taktikasi. U arab davlatlarini çalğitiş yoki ularning e’tiborini özgartiriş uçun siyosiy öyin olib bormoqda. Arab davlatlari Trampga jiddiy bosim ötkazyapti: “Biz AQŞ iqtisodiyotiga milliardlab sarmoya kiritdik, bizning manfaatimizni ham hisobga oling” deyişyapti. Bu bosimlar hukumatlarga yoqmayotgan içki muhit va radikal guruhlarning köpayişi bilan boğliq.
Misol uçun, Saudiya hozir radikal guruhlarga duç kelmoqda, boşqa arab mamlakatlarida ham jamiyat bilan hukumat orasidagi qarama-qarşiliklar kuçaymoqda. Şu sababli hukumatlar içki barqarorlikni ta’minlaş uçun çora körişi lozim. Arab davlatlari rahbarlari Trampga şunday muhitni hisobga olib: “Agar AQŞdan heç qanday aniq natija bölmasa, biz boşqa variantlarni, masalan, Xitoyga murojaat qilişni körib çiqamiz”, deb ogohlantirmoqda.
Tramp vaziyatdan çiqiş uçun taktik çorani qölladi: yaqinda tarqalgan ma’lumotlarga köra, u “Ğazoni arab va musulmon mamlakatlarining harbiylariga topşiramiz”, deb çiqiş qildi. Ya’ni Körfaz arab davlatlarining armiyasiga ma’lum vazifalarni yuklaş haqida gapirdi. Buning ommaviy ta’siri şundayki, Amerikaning Ğazo va Isroil masalasidagi qat’iy pozitsiyasi özgargandek körinadi: endi arab davlatlari armiya yuboradi, ular özlari nazorat qiladi, degan taassurot paydo böladi. Ammo bu taşabbusning amaliy tomoni murakkab: arab davlatlarining armiyasini kim taşkil qiladi, kim qöriqlaydi, degan savollar mavjud.
















