Dunyodagi eng keksa odamlardan biri Mariya Branyasning soğliğini sinçkovlik bilan baholaş natijasida uning 117 yoşgaça yaşaşiga sabablardan biri juda yoş genom ekani aniqlandi. Bu haqda Science Alert xabar berdi.
Naşrning ta’kidlaşiça, uning ba’zi noyob genetik variantlari uzoq umr köriş, immunitet funksiyasi, yurak va miya salomatligi bilan boğliq.
Ispaniyalik olimlar Cell Repors Medicine jurnalidagi maqolada uşbu kaşfiyotlardan «insonning qariş biologiyasiga yangiça qaraş, soğlom qariş biomarkerlari va umr köriş davomiyligini uzaytiriş uçun potensial strategiyalarni taklif qiliş» uçun foydalanayotganini ta’kidlaydi.
Qayd etilişiça, natijalar Branyas 2024 yilda vafotidan oldin ixtiyoriy ravişda topşirgan qon, sölak, siydik va najas namunalaridan foydalanişga asoslangan.
Barselonadagi Jozep Karreras nomidagi Leykemiya tadqiqotlari institutining bir guruh olimlari Branyasning hujayralari uning xronologik yoşidan ança yoşdek «his qilgani» yoki «özini tutganini» aytdi. Ta’kidlanişiça, buvi öz vatani Kataloniyadagi ayollarning örtaça umr köriş davomiyligidan 30 yildan köproqqa oşişga muvaffaq böldi.
Yoşi ötib qolganiga qaramay, Branyasning soğliği yaxşi bölgan. Xususan, uning yurak-qon tomir tizimi a’lo darajada edi, şuningdek, yalliğlaniş darajasi past edi.
Bundan taşqari, uning immun tizimi va içak mikrobiomasi sezilarli darajada yoş guruhlarga mos keladigan körsatkiçlarga ega edi. 117 yoşli ayolda «yomon» xolesterin va triglitseridlar darajasi juda past va «yaxşi» xolesterin darajasi juda yuqori bölgan.
Naşrning ta’kidlaşiça, bu omillar uning a’lo darajadagi soğliği va noodatiy uzoq umr körişini tuşuntirişga yordam berişi mumkin.
Şunisi e’tiborga loyiq, Branyas intellektual, ijtimoiy va jismoniy jihatdan faol hayot keçirgan, ammo genetikada ham omadi kelgan. Yuqori yogurt tarkibiga ega bölgan Örtayer dengizi diyetasi uning uzoq umr körişida ma’lum rol öynagan bölişi mumkin, ammo genetik va ekologik omillarning keng doirasi ham ta’sir qilgan.
Maqolada ta’kidlanişiça, Branyas noyob şaxs bölsa-da, faqat bir kişiga bağişlangan tadqiqotlar olimlar uçun çeklangan qiymatga ega, çunki ularning natijalarini ekstrapolyatsiya qiliş uçun keng kölamli tadqiqotlar zarur.













