Fransiya va ittifoqçilar Falastin muxtoriyatining moliyaviy barqarorligini ta’minlaş uçun Favqulodda koalitsiya tuzdi. Birlaşmaning asosiy maqsadi milliy ma’muriyatning hududlarni boşqariş, fuqarolarga hayotiy muhim xizmatlarni körsatiş va xavfsizlikni ta’minlaş qobiliyatini saqlab qolişdir, deb xabar berdi Fransiya Taşqi işlar vazirligi.
Birlaşmani tuzişda Belgiya, Daniya, Fransiya, Islandiya, Irlandiya, Yaponiya, Norvegiya, Saudiya Arabistoni, Sloveniya, Ispaniya, Şveytsariya va Buyuk Britaniya iştirok etdi.
Koalitsiya Falastin milliy ma’muriyati duç kelgan va uning uçun halokatga aylanişi mumkin bölgan «eng keskin va misli körilmagan moliyaviy inqirozga» javoban tuzilgan. Mamlakatlar vakillarining ta’kidlaşiça, Falastinni qisqa muddatli qöllab-quvvatlaş yetarli emas: «xalqaro moliya institutlari iştirokida şaffoflik va hisobdorlikni qat’iy ta’minlagan holda tizimli, başorat qilinadigan va kelişilgan yondaşuv» zarur.
Koalitsiya tuziş bilan birga, uşbu davlatlar taşqi işlar vazirlari Isroildan Falastin ma’muriyati işiga tösqinlik qiladigan, uni zaiflaştiradigan yoki qulaşiga olib kelişi mumkin bölgan har qanday çora-tadbirlarni töxtatişni talab qildi. Ularning ta’kidlaşiça, Falastinning moliyaviy barqarorligini mustahkamlaş «falastinliklar, isroilliklar va butun mintaqa uçun tinçlik, barqarorlik va xavfsizlikka sarmoyadir».
Xabarda koalitsiyaga a’zo davlatlarning Falastinga moliyaviy yordam miqdori haqida ma’lumot berilmagan.











