BMT sanksiyalari töxtatilganidan 10 yil ötib, Eronga qarşi yana joriy etiladi. Ular 28 sentabr kunidan yana kuçga kiradi. Avvalroq BMT Xavfsizlik kengaşi köpçilik ovoz bilan Xitoy va Rossiya tomonidan taklif etilgan va Eronga qarşi yengillaştirilgan sanksiyalar rejimini 6 oyga uzaytiriş töğrisidagi rezolyutsiyani bloklagan edi. Kelgusi haftada Eronga qarşi Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ham yana kuçga kirişi kerak.

Eron yadro dasturini çeklaydigan yadroviy kelişuv muddati şu yilning oktyabr oyida tugaydi, aynan şu kelişuvga asosan sanksiyalar yumşatilgan edi.

Bir oy oldin Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya kelişuv tugaganidan keyin ularni amalga oşira olmasligidan qörqib, Eronga qarşi sanksiyalarni tiklaş jarayonini boşlagan edi. Ularning hisob-kitoblariga köra, Eron uşbu kelişuvda körsatilgan uranni boyitiş böyiça çeklovlarni allaqaçon buzgan. Eron, öz navbatida, 2018 yilda AQŞ undan çiqqanidan keyin yadroviy kelişuvga rioya qilişga majbur emasligini ta’kidlamoqda.

Amerika va Isroilning Eron yadroviy obektlariga bergan zarbalaridan söng, Yevropa va AQŞ Eron bilan muzokaralarni qayta boşlaşga urinib kördi, ammo ular muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Qayta tiklangan sanksiyalar Eron iqtisodiyotining bank, uglevodorod va mudofaa sohalariga zarba beradi.

23 sentabr kuni Eron oliy yetakçisi Ali Xomanaiy Eron yadro qurolini yaratmoqçi emasligini aytib, iqtisodiyotning turli sohalarini rivojlantiriş uçun uranni boyitiş dasturi muhimligini ta’kidladi.