Damaşq sudi ötgan yilning dekabrida hokimiyatdan ağdarilgan Suriya prezidenti Başar Asadni hibsga olişga order berdi. Ayblovlar 2011 yilda Dar’a viloyatida hukumatga qarşi norozilik namoyişlarini bostiriş bilan boğliq. Aynan şu namoyişlar boşqa davlatlar, jumladan, Rossiya iştirokidagi keng kölamli uruşga aylangan qonli mojaroni boşlab bergandi. Asadning özi ötgan yil dekabrida isyonçilar hokimiyatga kelganidan keyin qoçib ketgan, u va oilasiga Rossiya tomonidan boşpana berilgan.

Suriyaning Sana axborot agentligi ma’lum qilişiça, Dar’ada şafqatsizlik bilan bostirilgan norozilik namoyişlari vaqtida halok bölganlarning qarindoşlari sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Asad qasddan odam öldiriş, qiynoqlar, noqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qilişda ayblanmoqda.

Suriya Oliy sudi ta’kidlaşiça, Suriya sudi tomonidan berilgan hibsga oliş orderi Başar Asadni Interpol orqali xalqaro qidiruvga beriş imkonini beradi.

Dar’ada norozilik namoyişlari 2011 yil mart oyida boşlangan. Aprel oyi oxirida norozilik namoyişlarini bostiriş uçun şaharga armiya bölinmalari va zirhli texnikalar kiritilgan.

Öşanda mamlakat xavfsizlik kuçlari namoyişçilarga qarata öt oçgan. Aktivistlar Dar’adagi norozilik namoyişlarining dastlabki bir yarim oyida yuzlab namoyişçilar halok bölganini ma’lum qilişgan.

Iyul oyida Fransiyaning Kassatsiya sudi Suriya sobiq prezidentini hibsga oliş orderini bekor qilgandi. Sud qaroriga köra, Başar Asad Suriya prezidenti sifatida harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarşi jinoyatlar uçun ham jinoiy javobgarlikka tortilişdan himoyalovçi immunitetga ega bölgan.

Fransiyadagi order Asad hali Suriyada hokimiyat tepasida ekanida – 2023 yil noyabrida – 2013 yilda kimyoviy qurol qöllaş böyiça jinoiy iş doirasida berilgandi.

Öşanda prokuratura Asadning davlat rahbari sifatida daxlsizligidan kelib çiqib, uşbu hibsga oliş orderining qonuniyligiga e’tiroz bildirgandi.

2025 yil yanvar oyida, rejim qulab, Asad Suriyadan qoçib ketganidan söng, Fransiyada Suriya sobiq prezidentini insoniyatga qarşi jinoyatlar ayblovi bilan hibsga oliş uçun yana bir order berildi. Bu ayblovlar 2017 yilda Suriya va Fransiya fuqaroligiga ega şaxs halok bölgan Duma şahri bombardimon qilingani bilan boğliq.