Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning kuz-qiş mavsumida Ukraina energetika tizimini işdan çiqariş tahdidlariga simmetrik javob berilişini aytdi.

«Agar, masalan, Ukraina poytaxtiga blekaut bilan tahdid qilinsa, Kreml bilişi kerak-ki Rossiya poytaxtida ham blekaut böladi», dedi Zelenskiy brifingda.

«Agar ruslar tahdid qilsa, ular bilan ritorikada ehtiyotkor böliş kerak emas», dedi Ukraina prezidenti. «Madaniyatsizlar bilan madaniyatli böliş - menimça, bu ritorikada ham, jang maydonida va Rossiyaga nisbatan yanada mazmunli qadamlarda ham xatodir», deb qöşimça qildi u.

«Rossiya aniq tuşunişi kerak, sivilizatsiyalaşgan mamlakatlar yovvoyilardan heç qaçon birinçi bölib tajovuz boşlamasligi va tajovuzkor emasligi bilan farq qiladi. Biroq bu ular zaif degani emas», dedi Ukraina prezidenti.

Avgust oyida Rossiya Qurolli kuçlari Ukraina energetika infratuzilmasi obektlariga hujumlarni kuçaytirdi. Avgust oyi oxirida Ukraina Energetika vazirligi navbatdagi zarbadan söng Rossiya «isitiş mavsumi arafasida infratuzilmani vayron qiliş böyiça ongli siyosatini davom ettirayotganini» aytdi. Ukraina Içki işlar vazirligi avgust oyi örtalarida 10 kun içida 20 ta energetika obekti, jumladan, elektr nimstansiyalari, issiqlik elektr stansiyalari va neftni qayta işlaş zavodlariga zarar yetkazilganini aytdi.

Ukraina harbiylari, öz navbatida, Rossiya neft obektlariga dronlar bilan zarba bermoqda. Zarbalar oqibatida neftni qayta işlaş zavodlari qisman yoki töliq töxtab qoldi, bu esa boşqa narsalar qatori yoqilği tanqisligi va uning narxining oşişiga olib keldi.