Joriy yilning 27 sentabr kuni soat 20:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Temur Malik ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

1998 yilda tug‘ilgan M.M. Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

YTH natijasida piyodaga va haydovchiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.