Moskva şahridagi «Sadovod» savdo majmuasida savdo nuqtalari va omborxonalar ijaraga olindi va özbek kompaniyalariga bepul taqdim etilmoqda. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qildi. 

Xabarda aytilişiça, majmuadagi bevosita savdo jarayonidan taşqari, eksportyorlar Rossiyaning Wildberries, Ozon, Yandeks.Market kabi yirik onlayn-platformalariga va boşqa saytlariga çiqiş hamda butun mamlakat böylab mijozlarni qamrab oliş imkoniyatiga ega böladi.

«Sadovod» bozori Moskva janubi-şarqiy ma’muriy okrugida joylaşgan bölib, 1990-yillar boşida oçilgan. U 40 gektardan ziyod maydonni egallagan. 

Ma’lumotlarga köra, bozorga kuniga 100 mingdan ortiq xaridor keladi. Tadbirkorlar Zarax Iliyev va God Nisanovlar mazkur bozor egasi hisoblanadi.