AQŞ prezidenti Donald Trampga avgust oyida Alyaskadagi sammit çoğida Moskvada rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uçraşiş haqida berilgan taklif öz kuçini saqlab qolyapti. Bu haqda 28 sentabr, yakşanba kuni Rossiyaning TASS axborot agentligiga Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
«U tugagani yöq. Bu amaldagi taklif. Putin prezident Tramp bilan uçraşişga tayyor va bundan xursand böladi», — deya Peskovning jurnalist savoliga javobini keltiradi agentlik. Uning qöşimça qilişiça, bu boradagi keyingi qarorlar Amerika tomoniga boğliq: «Hammasi Trampning qaroriga boğliq».
15 avgust kuni Alyaskaning Ankorij şahrida Putin bilan uçraşuvi çoğida Donald Tramp Rossiya prezidenti bilan yana uçraşişga umid bildirdi. Vladimir Putinning Moskvada buni amalga oşiriş haqidagi taklifiga Tramp: «Bölişi mumkin», deb javob qaytardi.












