Rossiya armiyasi Dnipropetrovsk oblastida hujum qilmoqda. Bu yurişning maqsadi nima?
|00:58 / 29.09.202517 42611 min
Sentyabr oyida Rossiya armiyasi Dnipropetrovsk va Donetsk oblastlari çegarasida frontning boşqa uçastkalariga qaraganda ildamroq harakatlanib, oldinga siljidi. Deyarli har hafta Rossiya mudofaa vazirligi uşbu hududda egallab olingan qişloqlar haqida hisobot berib kelmoqda. Rossiya armiyasi aslida Dnipropetrovsk oblastida qançalik tez harakatlanmoqda va Rossiya harbiylarining bu hudud içkarisiga kirib borişidan maqsad nima?
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Ukrainaning yana bir hududi – Dnipropetrovsk oblastiga bostirib kiriş haqida Rossiya harbiy qömondonligi iyun oyi boşida xabar bergandi. Bu Rossiya harbiylari uruş boşlanganidan beri hujum qilişga urinayotgan ön birinçi hududdir.
Yoz boşida Ukraina boş ştabi Moskvaning Dnipropetrovsk oblastiga kirgani haqidagi bayonotlarini rad etgan edi. Çindan ham, Rossiya harbiylarining Donetsk va Dnipropetrovsk oblastlari çegarasi orqali öqtin-öqtin amalga oşiriladigan reydlarini hudud ustidan barqaror nazorat deb ataş qiyin edi. Ammo Ukraina armiyasining qarşi hujumlariga qaramay, rossiyaliklar Dnipropetrovsk oblastining Novopavlovka va Velikomixaylovka aholi punktlari tomon harakatlanişda davom etdi.
Avgust oyi oxirida Ukraina qurolli kuçlari qömondonligi janglar allaqaçon Dnipropetrovsk oblasti hududiga köçganini tan oldi.
Dnipropetrovsk oblastidagi Berezovo qişloğidagi Rossiya bayroği. Qişloq egallab olingani haqida Rossiya mudofaa vazirligi 20 sentabr kuni xabar bergandi. Foto: Rossiya mudofaa vazirligi
Dnipropetrovsk oblastida egallangan birinçi aholi punkti haqida Moskva 7 iyul kuni e’lon qilgandi.
24 sentabr holatiga köra, Rossiya mudofaa vazirligi bayonotlariga işonilsa, oblast hududidagi 14 ta qişloq (Daçnoye, Maliyevka, Siçnevoye, Voronovo, Novogeorgiyevka, Filiya, Zaporojye, Xoroşe, Novoselovka, Sosnovka, Novopetrovskoye, Berezovo, Kalinovskoye, Novonikolayevka) Rossiya armiyasi nazorati ostiga ötgan.
Bu aholi yaşaş manzillarining yarmini Rossiya armiyasi sentabr oyida egallab oldi. Şu bilan birga, bu qişloqlarning ba’zilari hali töliq Rossiya mudofaa vazirligi nazorati ostiga ötmagan, ular uçun janglar hali davom etmoqda. Masalan, Novopavlovka yaqinidagi Daçnoye va Filiya qişloqlari bilan vaziyat şunday. Rossiya yoki Ukraina armiyasi tomonidan ular ustidan barqaror nazorat örnatilgani haqida heç qanday foto yoki video tasdiqlar yöq, ikkala qişloq ham hozirça «kulrang zonada».
Dnipropetrovsk oblastida hozir nimalar bölmoqda?
Rossiya harbiylarining bu hududga bostirib kirişidagi dastlabki muvaffaqiyatlarni «Tsentr» guruhi ta’minladi. Keyinroq RF armiyasi bu hududda Ukraina qurolli kuçlarining qarşi hujumlariga uçragaç, asosiy e’tibor janubga qaratildi. Bu yerda «Vostok» guruhi bölinmalari jang qilmoqda. Dnipropetrovsk oblastidagi yurişni Rossiyaning ikkita umumqöşin armiyasi olib bormoqda.
Mavzuga oid
Ular frontning uşbu uçastkasida Ukraina qurolli kuçlari mudofaa çiziğiga yorib kirişga harakat qilmoqda. Bu çiziq Yançul daryosi böyidagi Uspenovka qişloği, Volçya daryosi böyida joylaşgan Velikomixaylovka qişloği, şuningdek, Solenaya daryosi böyidagi Novopavlovka qişloqlari orqali ötgan. Şuningdek, Rossiya armiyasi Zaporijjya – Donetsk trassasidagi logistika jihatidan muhim bölgan Pokrovskoye posyolkasiga ham yorib ötişga intilmoqda.
Dnipropetrovsk oblasti rasmiylari allaqaçon Pokrovskoye qişloği yaqinidagi yigirmaga yaqin aholi punktlarida bolali oilalar majburiy evakuatsiya qilinişini e’lon qilgan.
Ukraina harbiy qömondonligi Dnipropetrovsk oblastida Rossiya harbiylarining «muvaffaqiyatli hujumi» haqidagi ma’lumotni rad etmoqda.
«Dnipro» qöşinlari operativ-strategik guruhi spikeri Aleksey Belskiyning BBC Ukraina xizmatiga aytişiça, Rossiya armiyasi askarlari kiçik guruhlarga bölinib, Ukraina qurolli kuçlari pozitsiyalari ortiga ötişmoqda, qömondonlik yangi aholi punkti «bosib olingani» haqida hisobot berişi uçun qaysidir qişloqda Rossiya bayroği hilpirab turgani aks ettirilgan propaganda videolarini suratga olişmoqda.
Ukraina harbiylari 2025 yil iyul oyida Dnipropetrovsk oblastidagi Pavlograd yaqinida Rossiya havo hujumi paytida işlamoqda. Foto: ROMAN PILIPEY/AFP via Getty Images
«Mudofaa kuçlari reaksiya körsatmoqda va bunday guruhlar dronlar, artilleriya zarbalari bilan juda tez yöq qilinmoqda, hujum bölinmalari tomonidan tozalaş işlari olib borilmoqda. Bosqinçilar tomonidan „ozod qilingan“ aholi punktlari esa Ukraina nazorati ostida qolmoqda», – deydi podpolkovnik Belskiy.
Ukrainalik harbiy tahlilçi, «Axboriy qarşilik» guruhi koordinatori Konstantin Maşovetsning fikriça, hozirda aynan şu uçastkadagi vaziyat Pokrovsk, Kupyansk yoki Liman yönalişlariga qaraganda «ança xavfli».
«Duşman bu yerda boşqa yönalişlarga qaraganda eng „kuçli“ körsatkiçlar bilan hujum qilmoqda (bu uning oldinga siljiş sur’atiga ham, hujum kölamiga ham tegişli). Hozirça Ukraina qurolli kuçlari bu hududdagi vaziyatni barqarorlaştira olmayapti», – deydi ekspert.
Rossiya armiyasining bu uçastkadagi muvaffaqiyatining sabablaridan biri – harbiylar soni va texnikasi, ayniqsa, jangovar piyodalar soni böyiça Ukraina qurolli kuçlaridan bir neça barobar ustunlikka egaligi bilan boğliq.
Maşovetsning sözlariga köra, Ukrainaning bitta batalyoni mudofaa qilayotgan hududga Rossiyaning 3-4 tagaça (ayrim yönaliş va sektorlarda 5-6 tagaça) batalyonlari töğri keladi. Ular Ukraina qurolli kuçlarining alohida pozitsiyalari orasidagi zaif nuqtalarni aniqlaydi va bundan Ukraina pozitsiyalari ortiga kirişda foydalanadi. Yangi pozitsiyalarda rus harbiylari yana va yana öşa «infiltratsiya» taktikasini qöllamoqda.
«Ukraina qurolli kuçlari uçun duşmanning bunday taktikasiga qarşi kuraşiş juda qiyin. Obektiv ravişda duşmanning oldinga siljişiga faqat bir yöl bilan tösqinlik qiliş mumkin – duşmanning hujum guruhlarini öz vaqtida yoki ular kirib kelişidan oldin aniqlaş va yöq qiliş», – deya xulosa qiladi tahlilçi.
Rossiya armiyasi qaysi qişloqlarni egallab olgan?
Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi Rossiya qöşinlari Dnipropetrovsk oblastida birorta qişloqni egallab olganini tan olmaydi.
Biroq, Ukrainaning DeepState OSINT-loyihasi özining onlayn xaritasida Dnipropetrovsk oblastida bir neça allaqaçon Rossiya armiyasi nazorati ostida ekanini körsatgan.
Tahlilçilar 26 avgust kuniyoq Dnipropetrovsk va Zaporijjya oblastlari ma’muriy çegarasi yaqinida joylaşgan Zaporijjya va Novogeorgiyevka qişloqlari rus harbiylari tomonidan bosib olingani haqida xabar bergandi.
«Mudofaa kuçlari duşmanni uşlab turiş, vaziyatni barqarorlaştiriş va duşmanning region içkarisiga kirişiga yöl qöymaslik uçun qölidan kelgan barça işni qilmoqda. Ammo, afsuski, hozirça duşman muvaffaqiyat salohiyatini his qilmoqda va „tuganmas“ piyodalarni şturm qilişga yubormoqda», – deya vaziyatni izohlagan DeepState.
24 sentabrdayoq loyiha tahlilçilari Dnipropetrovskning Novonikolayevka qişloği va unga qöşni Zaporijjya oblastining Novovyanovka qişloği ham Rossiya armiyasi nazoratiga ötganini ma’lum qilgandi.
«Dnipro» qöşinlarining operativ-strategik guruhi bu ma’lumotni rad etmoqda.
«Novonikolayevkaga kelsak, duşman Zaporijjya-Obratnoye liniyasi böylab uşbu aholi punktiga yaqinlaşişga harakat qilayotgan bölsa-da, u Ukraina qurolli kuçlarining töliq nazorati ostida bölgan va bölib turibdi», – dedi guruh spikeri Aleksey Belskiy.
Novoivanovka borasida esa, uning sözlariga köra, Rossiya armiyasi 13 sentabrdan beri bu aholi punktini egallaşga muvaffaqiyatsiz urinmoqda. Rossiyalik harbiylarning ikki guruhi (beş nafardan harbiy xizmatçi) 15 sentabr kuni qişloq «ozod qilingani» haqidagi propaganda videosini suratga oliş maqsadida qişloq köçalaridan biriga kirgan, biroq dronlar zarbalari oqibatida halok bölgan.
Şundan söng, rus harbiylari şarqdan 9 nafargaça harbiydan iborat guruhlar bilan qişloqqa kirişga önlab urinişlar amalga oşirdi, ammo ular mudofaa kuçlari tomonidan öldirildi, deya ta’kidladi «Dnipro» guruhi.
Ularning Novoivanovkani janubdan aylanib ötişga bölgan urinişlari ham muvaffaqiyatsiz çiqqan.
Hozirda qişloq hududida ikki tomondan FPV-dronlar va artilleriya qöllangan holda janglar davom etmoqda.
«Ukraina qurolli kuçlari Dnipropetrovsk oblastida faol mudofaa taktikasini qöllamoqda – bu şunday harbiy taktikaki, u nafaqat pozitsiyalarni uşlab turişni, balki manyovr, zarbalar, qarşi hujumlar va öt oçib nişonlarni yöq qilişni ham nazarda tutadi», – deya tuşuntiradi podpolkovnik Belskiy.
Siyosiy effekt va harbiy maqsadlar
«Maqsadlardan biri – agar Putinga kerak bölsa, oblastning bir qismini „ozod qiliş“ va rus tilida sözlaşuvçilarni himoya qiliş uçun „ğamxörlik qiliş“ niqobi ostida Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qöşiş», – deb hisoblaydi Belskiy.
Rossiya harbiy rahbariyati Dnipropetrovsk oblastiga hujum qiliş bilan harbiy maqsadlarni ham közlamoqda.
«Dnipro» guruhidagilarning aytişiça, bunday maqsadlardan biri – Ukraina harbiylari va texnikasining bir qismini bu yönalişdan boşqalarni kuçaytiriş uçun (masalan, Donetsk oblastiga) olib ketilişiga yöl qöymaslikdir.
Bundan taşqari, Novopavlovka va Velikomixaylovkaning qölga olinişi Donetsk oblastidagi Ukraina bölinmalarining logistikasini murakkablaştiradi, Uspenovka yaqinidagi platsdarmning qölga olinişi esa Ukraina qurolli kuçlarining Gulyaypole istehkomini uşlab turgan bölinmalarini qiyin ahvolga solib qöyadi.
Ukraina armiyasi 2022 yilda rossiyaliklarga Gulyaypoleni egallaşga imkon bermagandi
Gulyaypolega bostirib kirişga urinişlar rus harbiylari uçun muvaffaqiyatli bölmadi, ammo ular bu hududda Ukraina qurolli kuçlarining aloqa yöllarini kesib qöyişga urinişi mumkin. Uspenovkadan Gulyaypole – Pokrovsk trassasigaça taxminan 15 km çiqadi. Ya’ni bu Rossiya armiyasiga uşbu logistika arteriyasini artilleriya va FPV-dronlari nazorati ostiga olişga imkon beradigan masofa.
Gulyaypolening qulaşi, öz navbatida, Rossiya harbiylariga Zaporijjyaning yana bir «qal’asi» – Orixiv şahrini uşlab turgan Ukraina guruhining qanotlariga hujum qiliş imkoniyatini berişi mumkin.
Töğri, bunday keng kölamli harakatlar uçun ikki şartdan biri zarur.
Yoki Ukraina mudofaasi ança içkarida – Uspenovka, Novopavlovka yoki Velikomixaylovka yaqinida «qulaşi». Yoki bu yönalişlarda Rossiya armiyasining hujum imkoniyatlarini kuçaytiriş, bu esa frontning boşqa uçastkalaridan katta resurslarni köçirib kelişni talab qiladi.