Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu 28 sentabr kuni Qatar boş vaziri Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniyga qönğiroq qilib, Qatar suverenitetini buzgani va 9 sentabr kuni Isroilning Dohaga bergan zarbasi oqibatida Qatar xavfsizlik xizmati xodimi halok bölgani uçun uzr söradi. Bu haqda Axios Isroilning uç nafar rasmiysiga tayanib xabar berdi.
Isroil va Qatar rasmiylari bu haqda e’lon qilmadi.
Axios naşrining ta’kidlaşiça, «uzr söraş» Qatarning Ğazodagi uruşni töxtatiş va garovga olinganlarni ozod qiliş böyiça muzokaralarda Isroil va HAMAS örtasidagi vositaçiligini qayta tiklaş uçun asosiy şart bölgan.
Qayd qilinişiça, Netanyahuning qönğiroği uning Vaşingtonga rasmiy taşrifi çoğida amalga oşirilgan.
Amerika va Isroil rasmiylarining fikriça, Qatar vositaçiligining qayta tiklanişi kelişuvga erişiş uçun muhim hisoblanadi.
9 sentabr kuni Dohaga berilgan zarba HAMAS yetakçilariga qaratildi, biroq buning oqibatida asosan quyi darajadagi amaldorlar halok böldi. Isroil rasmiylari nişon «yuqori martabali terrorçilar» bölganini da’vo qilmoqda, ammo operatsiya jiddiy diplomatik inqirozga olib kelganini tan olmoqda.
Bir qator arab davlatlari Isroilning harakatlarini keskin qoraladi.
Ta’kidlanişiça, Netanyahuning AQŞga taşrifi va Tramp bilan uçraşuvi Oq uyning uruşni töxtatiş böyiça keng qamrovli kelişuvni taşkil etişga faol urinişlari fonida bölib ötmoqda, Tramp yaqin kunlarda bu haqda ommaga e’lon etişga umid qilmoqda. Isroilning Qatardan keçirim söraşi muzokaralarni davom ettiriş uçun yöl oçadigan muhim qadam bölişi mumkin.













