1-3 oktyabr kunlari mintaqaga navbatdagi sovuq antitsiklon kirib keladi. Baland toğlarda joylaşgan aholi punktlarida ösimliklarni sovuq urişi va ilk qor yoğişi yuz beradi. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimşunos Erkin Abdulahatov.
Sovuq antitsiklonning janubiy çekkasi ta’sirida 1 oktyabr kuni şimoliy hududlarda havo harorati +3 darajagaça, 2 oktyabr tongida Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida +5...+7 darajagaça, 3 oktyabr tongida Toşkent va Sirdaryo viloyatining tekislik hududlarida +6...+8 darajagaça pasayişi kutilmoqda. Toğlar va ayrim toğ etaklarida harorat minimumlari +3 darajagaça, hatto nol darajagaça pasayişi mumkin.
Joriy antitsiklonning kirib kelişi arafasida yuzaga keluvçi yoğinlar asosan 2 va 3 oktyabr kunlari Toşkent, Sirdaryo va vodiy viloyatlari hamda toğlarda röy berişi kutilmoqda. Uşbu viloyatlarning ba’zi hududlarida yoğinlar intensivligi oşişi mumkin.











