2025 yilning oktyabr oyi ob-havoning keskin özgarişi bilan boşlanadi, deya xabar bermoqda Özgidromet.
Sentyabr oyi oxirida kuzatilgan iliq ob-havodan söng, 1–2 oktyabr kunlari Özbekiston hududida uşbu mavsumdagi birinçi kuzgi sovuq kirib kelişi kuzatiladi. Respublika şimolida, markaziy va şarqiy viloyatlarda ba’zi joylarda yomğir yoğadi.
Havo harorati kunduz kunlari +18…+21, keçalari +8…+13, respublika şimolida kunduz kunlari +13…+16, keçalari +4…+5 darajagaça pasayadi.
3 oktyabr kuni faqat Farğona vodiysi viloyatlarida yomğir yoğişi saqlanib turadi. 4–10 oktyabrda butun respublika böyiça asosan yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda. Havo harorati 5–7 darajaga kötariladi. Kunduz kunlari havo +23…+26 darajagaça isiydi.
Oyning ikkinçi va uçinçi ön kunliklarida ayrim kunlarda (2–3 kun) ba’zi joylarda yomğir yoğadi. Harorat keçalari +10…+15 darajadan +5…+10 darajagaça (respublika şimolida +2 darajagaça bölişi mumkin), kunduz kunlari +23…+28 darajadan +15…+20 darajagaça özgarib turadi.
Avvalgi oktyabrlar qanday bölgan?
Iqlim xususiyatlariga köra, oktyabr oyida örtaça oylik havo harorati sentabrga nisbatan 6–7 darajaga, respublika şimolida 8–9 darajaga past böladi.
Respublikaning katta qismida örtaça keçki harorat +5…+10 darajani taşkil etadi. Kunduzgi harorat odatda +23…+28 darajadan (ayrim yillarda +30…+35 darajaga yetadi) +10…+5 darajagaça özgarib turadi.
«Albatta, har yili tabiat ob-havo şaroitlariga öz tuzatişlarini kiritadi va ba’zida haqiqiy harorat iqlim me’yoridan sezilarli darajada farq qiladi. Şunday qilib, oktyabrda, ayniqsa, oyning ikkinçi yarmida, köpinça birinçi kuzgi sovuqlar kuzatiladi», – deydi sinoptiklar.
Meteorologik kuzatuvlarning 150 yildan ortiq tarixida harorat keçalari –6…–11, şimolda –10…–15, Ustyurtda –22 darajagaça pasaygan yillar ham kuzatilgan.
Toşkentda oktyabr oyida rekord darajadagi minimal harorat –11,2 darajani taşkil etgan, u 1909 yilda qayd etilgan. Bunday past havo harorati ötgan asrda kuzatilgan. Bu asrda oktyabrda harorat –2…–4 darajadan pastga tuşmagan, respublika şimolida –6…–11, Ustyurtda –15 daraja sovuq kuzatilgan.












