Reuters agentligiga köra, investorlar AQŞ hukumatining yopilişi borasida xavotirlari kuçaygani haqida xabar berdi. Ayni paytda fond bozorlarida ösiş qayd etildi, dollar pasaydi, oltin narxlari esa tarixiy maksimumga yetdi.

AQŞda “hukumat yopilişi” (government shutdown) deganda federal hukumatning vaqtinçalik moliyalaştirilişi töxtab qolişi tuşuniladi. Bunda “keraksiz” hisoblangan davlat idoralari vaqtinça işlamaydi, xodimlari ta’tilga çiqariladi. Muhim xizmatlar — xavfsizlik, harbiylar, aeroportlar — faoliyatini davom ettiradi, lekin köpinça vaqtinçalik iş haqi tölanmaydi. Bu iqtisodiyot va bozorlar uçun noaniqlik yaratadi.

Oltin esa dollarning pasayişi va AQŞ hukumati yopilişi mumkinligidan xavotirlangan investorlar sababli yangi rekord darajaga çiqdi, deb yozmoqda naşr.

AQŞ prezidenti Donald Tramp duşanba kuni Kongressdagi yetakçi demokrat va respublikaçilar bilan hukumatni moliyalaştiriş muddatini uzaytirişni muhokama qiladi. Agar kelişuvga erişilmasa, çorşanba kunidan boşlab hukumat yopiladi. Şu kuni oğir yuk maşinalari, litsenziyalangan dori vositalari va boşqa bir qator mahsulotlarga nisbatan yangi bojlar ham kuçga kiradi.

Uzoq davom etadigan yopiliş Federal Rezerv tizimini 29 oktyabrdagi yiğilişda iqtisodiy vaziyatdan bexabar qoldirişi mumkin.

Bank of America (BofA) tahlilçilarining qayd etişiça, agar yopiliş Federal Rezerv yiğilişidan keyin ham çözilsa, Markaziy bank qaror qabul qilişda xususiy ma’lumotlarga tayanişga majbur böladi. Bu oktyabr oyida foiz stavkasi pasayiş ehtimolini biroz kamaytirişi mumkin.

MSCI Butun dunyo indeksi 0,16 foizga ösdi, Yevropadagi STOXX 600 esa 0,3 foizga kötarildi. Sentyabr yakuniga köra 1,1 foiz daromad qayd etilişi kutilmoqda — bu ketma-ket uçinçi oy ösişdir.

Bozorlar oktyabrda Federal Rezerv foiz stavkasi pasayişi ehtimolini 90 foiz, dekabrda esa yana pasayişi ehtimolini 65 foiz atrofida baholamoqda.

BofA tahlilçilari yopiliş har bir hafta uçun iqtisodiy ösişga atigi 0,1 foiz punkt ta’sir körsatişini ta’kidlaşdi. Biroq agar hukumat yopilişdan foydalanib xodimlarni butunlay işdan böşatsa, bu iş örinlari va iste’molçilarning işonçiga jiddiy zarba berişi mumkin.

Dollar indeksi 0,2 foizga tuşib, 97,952 darajasini taşkil etdi. Ötgan hafta esa AQŞ iqtisodiy körsatkiçlarining ijobiy çiqişi sabab mustahkamlangan edi.