Rossiya qamoqxonalarida qolayotgan Özbekiston fuqarolarining 60 foizi giyohvand moddalar savdosi va ularni olib ötiş bilan boğliq jinoyatlar uçun hibsga olingan. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti Fuqarolik masalalari, legalizatsiya va boşqa konsullik harakatlari boşqarmasi boşliği Munira Nizomova ma’lum qildi.

TIV rasmiysining ta’kidlaşiça, jinsiy zöravonlik jinoyatlari (12 foiz) bilan qamalgan özbekistonliklar soni ham köp. Şuningdek, qamalganlarning 7 foizi qotillik, taxminan 5 foizi soğliqqa oğir zarar yetkaziş, 4 foizi öğrilik, 3 foizi firibgarlik bilan ayblangan.

Nizomova özbekistonliklarning Rossiya aeroportlarida soatlab uşlab turilgan holatlari yuzasidan ham fikr bildirdi.

“Aeroportlarda Özbekistondan keladigan reyslarning tekşiruvlari juda uzoq ötkazilyapti. Örtaça 6−8 soat. Ba’zan 10 soat, 12 soatlab tekşiruv bölgan holatlar ham bor. Köz oldingizga keltiring, ayollar farzandlari bilan 12 soatlab aeroportda ötirsa. Bu bekorga bölayotgani yöq-ku? Fuqarolarimizning xorijda qilayotgan xatti-harakatlarining salbiy ta’siri bu. Yoki Rossiyada reydlar ötkazilişi köpaya boşladi. Qaçonki bizning fuqarolar qonun-qoidalarga rioya qilib, boşqa davlatlarning urf-odatlari, an’analarini hurmat qilişni örganmasa, biz — Taşqi işlar vazirligi, elçixonalar, konsullik muassasalari tomonidan amalga oşirilayotgan işlarning ta’siri kuçli bölmaydi”, dedi u.