AQSh prezidenti Donald Tramp xorijda ishlab chiqarilgan filmlarga 100 foizlik bojlar joriy etish rejasini yana bir bor e’lon qildi. 29 sentabr, dushanba kuni Truth Social ijtimoiy media platformasida ushbu choralarni asoslab, u Amerika kino sanoati xalqaro raqobat oldida o‘z o‘rnini yo‘qotayotganini ta’kidladi.

«Kino biznesini Amerika Qo‘shma Shtatlaridan boshqa davlatlar chaqaloqning o‘yinchog‘i kabi o‘g‘irlab ketdi», deb yozadi u. Kaliforniya shtati, deya qo‘shimcha qildi Tramp, ayniqsa gubernatorining noto‘g‘ri siyosati tufayli jabr ko‘rdi. 

Trampning bayonotidan so‘ng Amerikaning Paramount Skydance va Warner Bros. Discovery mediakorporatsiyalari aksiyalari mos ravishda 2,1 va 1,3 foizga, Amerikaning Netflix striming kompaniyasi aksiyalari esa 1,5 foizga arzonlashdi.