Camperghini blogi bilan tanilgan Konnor 2023 yilda AQŞdagi uyini sotib, kimoşdi savdosida noyob Lamborghini sotib oldi. Uni barça qulayliklar bilan ta’minlab, dunyo böylab sayohatga otlandi. U Özbekistonga may oyida kelgan.
Sentyabr oyida uning sayohati mamlakatni tark etayotgan paytda çegarada töxtab qoldi: maşina mamlakatda ruxsat etilgan 90 kundan ortiq deyarli ikki oy davomida bölgan va bu blogerni deyarli 2000 dollar jarima tölaşga majbur qilgan.
Uni naqd pulda tölaş kerak edi: bojxona postidagi bank terminali sim-karta tölanmagani uçun işlamagan, eng yaqin bankomat esa 40 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Konnorning vizasi muddati tugayotgan edi, şuning uçun u u yerga bora olmadi. Videolaridan birida u qöyib yuborilmasa: «Tramp amakini aralaştirişga majbur bölaman», deya hazil qilgan.
Natijada, Lamborghini uç kun çegarada qolib ketdi, bu vaqt davomida blogerning özi ança asabiylaşdi va ijtimoiy tarmoqlarda yuz minglab körişni töpladi.
Bojxona qömitasi ma’lumotlariga köra, haqiqatdan ham qoidabuzarlik sodir bölgan: maşina Özbekistonga 2 may kuni kirib kelgan va 2 avgustdan keçikmay mamlakatdan çiqib ketişi kerak edi. 20 milliondan ortiq yiğim tölaganidan söng Konor ma’muriy javobgarlikdan ozod etildi, uning Lamborghini avtomobiliga esa mamlakatni tark etişga ruxsat berildi.
Idora keçikişni valuta ayirboşlaş yoki naqd pul yeçib oliş kabi bank operatsiyalarini amalga oşirişning imkoni bölmagan dam oliş kunlari bilan boğladi. U jarimani faqat 29 sentabr, duşanba kuni tölay oldi.
Blogerning özi stressga qaramay, Özbekiston unda eng iliq xotiralarni qoldirganini tan oldi.

















