Özbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy jamoaga xorijlik murabbiy olib keliş uçun urinişni davom ettirmoqda.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning yozişiça, ÖFA italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaroga rasmiy taklif bilan çiqqan.
Manbaga köra, tomonlar örtasida muzokaralar davom etmoqda.
Bundan oldinroq OAVda Kannavaro Özbekiston taklifini rad etgani va Italiyadagi klublardan taklif kutayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uçun, ayni vaqtda 52 yoşda bölgan Fabio Kannavaro futbolçilik faoliyatida katta yutuqlarga erişgan. U 2006 yilda Italiya milliy jamoasi bilan jahon çempioniga aylangan va mundialdagi kuçli iştiroki uçun öşa mavsum yakunlariga köra «Oltin töp»ni qölga kiritgandi.
Ammo Fabio murabbiylik faoliyatidagi natijalari bilan maqtana olmaydi. U «Guançjou Evegrand», «Udineze», «Benevento», «Dinamo» Zagreb kabi klublarda va Xitoy milliy jamoasida muvaffaqiyatsiz işlagan.
Sönggi vaqtlarda Özbekiston milliy jamoasi boşqaruviga xorijlik murabbiy olib kelinişi haqida muntazam ravişda xabarlar çiqmoqda. Avvaliga ÖFA 2014 yil Germaniyani jahon çempioniga aylantirgan Yoaxim Lyov bilan muzokaralar olib borgan, yakunda tajribali mutaxassis bu taklifni rad etgandi. Turkiyalik Fotih Terim haqida ham xabarlar çiqdi, ammo bu variant muzokaralar darajasiga yetib bormadi.
Keyinroq ÖFA portugaliyalik mutaxassis Paulu Bentuni milliy jamoa boş murabbiyligiga asosiy nomzodlardan biri sifatida körib çiqayotgani haqida xabar tarqaldi. Ammo uşbu mutaxassis bilan muzokaralar kelişuv bilan yakunlanmagandi, ya’ni u ham taklifni rad etgan.
Şuningdek, OAVda xorvatiyalik mutaxassis Slaven Biliç Özbekiston milliy jamoasi boşqaruviga kelişi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgandi.
Ayni paytda Özbekiston milliy jamoasini Temur Kapadze boşqarib turibdi. Jamoani jahon çempionatiga olib çiqqan uşbu mutaxassis kelajagi borasida bir qarorga kelinmayotgani öziga noqulaylik tuğdirayotgani haqida bir neça bor aytib ötgan.

















