Xitoyning sobiq qişloq xöjaligi vaziri Tang Jyenjian 268 million yuan (taxminan 38 million dollar) miqdorida ortiq pora olişda aybdor deb topilib, ölim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Xitoyning Sinxua agentligi xabar berdi.
Sud uni siyosiy huquqlardan umrbod mahrum qildi, mol-mulki va noqonuniy daromadlarini musodara qildi, şu bilan birga, aybni tan olgani, mablağlarni qaytargani va puşaymon bölgani uçun jazo yengillaştirilganini ta’kidladi. Qayd qilinişiça, hukm ijrosi 2 yilga keçiktirildi.
Xitoyda juda katta miqdordagi korrupsiya ölim jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar qatoriga kiradi. Amaliyotda köpinça 2 yil keçiktiriş muhlati bilan hukm çiqariladi: agar mahkum şu muddat içida «axloqiy tuzaliş yöliga ötsa», jazo umrbod qamoq bilan almaştiriladi.
Şunday bölsa-da, korrupsionerlarni qatl qiliş holatlari uçraydi. Eng maşhur holatlar orasida Oziq-ovqat va dori-darmonlar böyiça davlat idorasi rahbari Çjyen Syaoyuy (2007), parlament vitse-spikeri Çen Kejye (2000), amaldor Ven Syan (2010) bor. 2024 yil dekabr oyida taxminan 3 milliard yuan miqdorida öğirlik qilganlikda ayblanib, sudlangan sobiq amaldor Li Szyanpinga nisbatan ölim jazosi ijro etildi.
Xitoy ölim jazosi keng qöllaniladigan kam sonli davlatlardan biri bölib qolmoqda. Korrupsiyadan taşqari, oliy jazo qotillik, giyohvand moddalar savdosi va boşqa bir qator oğir jinoyatlar uçun qöllaniladi. Şu bilan birga, qatllar statistikasi davlat siri hisoblanadi.











