2025 yil birinçi yarim yillik yakuni böyiça Özbekistonning umumiy taşqi qarzi 72,2 mlrd dollarni taşkil qildi.

Şundan 36,8 mlrd dollari – davlat taşqi qarzi, 35,4 mlrd dollari – korporativ taşqi qarzlardir. Bu – Markaziy bank hisobotida keltirib ötilgan. Yil boşidan beri davlat taşqi qarzi 2,7 mlrd dollarga, korporativ taşqi qarz esa 5,2 mlrd dollarga köpaygan.

Ma’lumot uçun: korporativ taşqi qarz tarkibida xususiy sektor va davlat iştirokidagi korxonalar tomonidan davlat kafolatisiz jalb etilgan taşqi qarzlar aks ettiriladi.

Joriy operatsiyalar hisobi

2025 yilning 1-yarmida xalqaro savdo siyosatining keskinlaşuvi va global noaniqliklar ortişiga qaramasdan, Özbekiston taşqi sektori an’anaviy eksport mahsulotlari jahon narxlarining ösişi, şuningdek, taşqi mehnat migratsiyasi va turizm yönalişlaridagi ijobiy tendensiyalar ta’sirida özining muvozanat holatiga yaqinlaşgan

Jumladan, joriy operatsiyalar hisobi 156,3 mln dollar manfiy saldo bilan şakllangan (2024 yilning 1-yarmida qariyb 2,9 mlrd dollar bölgan). Bu savdo balansi taqçilligining sezilarli darajada qisqarişi hamda xorijdan Özbekistonga xalqaro pul ötkazmalari hajmining oşişi bilan izohlanadi.

Eksport hajmining importga nisbatan yuqoriroq sur’atlarda ösişi natijasida savdo balansining manfiy saldosi ötgan yilning mos davriga nisbatan 20 foizga qisqarib, 6,4 mlrd dollarni taşkil qilgan. Xususan, jami eksport hajmi 29 foizga oşib, 16,6 mlrd dollarni taşkil qilgan bölsa, jami import hajmi 10 foizlik ösiş bilan qariyb 23 mlrd dollarga yetgan.

2025 yilning 1-yarmi davomida Özbekistonga kelib tuşgan xalqaro pul ötkazmalar hajmining ösişi birlamçi va ikkilamçi daromadlar balansi ijobiy saldo (mos ravişda 850 mln dollar va 5,4 mlrd dollar) bilan şakllanişiga sabab bölgan.

Joriy operatsiyalar hisobi taqçilligi töğridan töğri, portfel va boşqa investitsiyalar jalb qilinişi hisobiga moliyalaştirildi. Jumladan, 2025 yilning 1-yarmi davomida mamlakatga töğridan töğri xorijiy investitsiyalarning sof kiritilişi 2024 yilning mos davriga nisbatan 42 foizga ösib, 1,6 mlrd dollarga teng bölgan. Portfel investitsiyalarning sof jalb qilinişi asosan xalqaro obligatsiyalar bilan boğliq operatsiyalar hisobiga 3,1 mlrd dollarni taşkil qilgan. Yuqoridagi tarkibiy omillar hisobiga hisobot davri yakuni böyiça moliyaviy hisob manfiy saldosi 895,9 mln dollarni taşkil etgan.