AQŞ prezidenti Donald Tramp Qatarga har qanday qurolli hujum Qöşma Ştatlar tinçligi va xavfsizligiga tahdid sifatida baholanişi töğrisidagi farmonni imzoladi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Hujjatda aytilişiça, Vaşington Qatarning hududiy yaxlitligini himoya qiliş uçun «barça zarur çoralarni» - diplomatik, iqtisodiy va kerak bölsa, harbiy çoralarni köradi.

Farmon Isroilning Dohadagi nişonlarga bergan zarbasidan köp ötmay e’lon qilindi. 9 sentabr kuni amalga oşirilgan raketa zarbasi oqibatida bir neça kişi, jumladan, Qatar xavfsizlik xizmati xodimi halok böldi. Hodisa Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning Vaşingtonga taşrifiga töğri keldi.

Isroil zarbadan afsusdaligini bildirdi va Tramp vositaçiligida Qatar rasmiylari bilan aloqa örnatdi.

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, bunday kafolatlar ilgari heç bir arab davlatiga berilmagan, şuning uçun bu qadam noyobdir.

Şu bilan birga, farmonning yuridik kuçi masalasi muallaq qolmoqda: tölaqonli xalqaro şartnoma uçun Senatning ma’qullaşi talab etiladi. Şunga qaramay, Vaşingtonning signali Yaqin Şarqdagi keskinlik kuçayib borayotgan bir paytda Qöşma Ştatlarning Qatar bilan strategik şeriklikni mustahkamlaş borasidagi qat’iyatini ta’kidlaydi.