Rossiya hujum otryadlari otlardan faol foydalanişni boşlaşi mumkin, deb yozadi «Kommersant». Ilgari ham bunday holatlar bölgan, ammo bu kamdan kam uçragan. Hozirda Rossiya armiyasi «tölaqonli otliq qöşinni qayta tiklaşga urinmoqda».
Jangçilari allaqaçon ot minişni örganayotgan «Ştorm» maxsus topşiriqlar otryadi komandirining RT telekanaliga aytişiça, ot öz instinktlari tufayli minani bosib olişi ehtimoli odamnikiga qaraganda kamroq böladi, şuningdek, qoronğida yaxşiroq möljal oladi.
Hujum otryadlarining otlardan foydalaniş taktikasi, komandirning sözlariga köra, quyidagiça bölişi mumkin: bitta otda ikki kişi ötiradi, ulardan biri otni boşqaradi, ikkinçisi esa, zarurat bölganda, öt oçişga mas’ul böladi. Şturm qilinayotgan joyida esa ular otdan tuşib, jangga kirişadi.
Otlar yölsiz joylarda yaxşi harakatlanadi, ulardan foydalaniş magnit minalarining işga tuşiş xavfini kamaytiradi (metall yöqligi sababli) – bu mobillik (harakatçanlik) va maxfiylikni ta’minlaydi. Biroq, qöşimça qiyinçiliklar ham bor: otlarni örgatiş va boqiş kerak, ularning yuk kötariş qobiliyati maşinalarnikiga qaraganda ança past. Şu sababli, ularning jang maydonida ommaviy qöllanişi ehtimoli juda kam, deb yozadi «Kommersant».
«Umuman olganda, otlarni zamonaviy jang maydoniga qaytarişga uriniş köp jihatdan ramziy ma’noga ega. Texnologik işlanmalarni namoyiş etiş maydoniga aylangan harbiy harakatlar iştirokçilari zamonaviy texnologiyalar zaif bölib çiqqanda yana bazaviy vositalarga – muqobil telefon kabelini örnatişdan tortib, yuk taşuvçi hayvonlar aravalarigaça murojaat qilişga majbur bölmoqda», – deb yozadi «Kommersant».
Rossiyalik harbiylar oldin ham frontda şaxsiy harakatlaniş vositalaridan – bir ğildirakli yöltanlamaslar hamda qiyin yöllardan ötiş qobiliyati yuqori bölgan elektr samokatlardan ham foydalangan. Uşbu transport vositalaridan foydalaniş piyodalarga qarşi minalardan jiddiy jarohat oliş ehtimolini kamaytiradi.













