Farroş Mulikat Ogunmode 16 yil davomida kuniga 17 soatdan ikki joyda - kunduzi Deutsche Bank’da, keçasi esa parlamentda yaşirinça işlagani ma’lum bölgaç, Britaniya parlamentidan haydaldi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Qayd qilinişiça, 2008 yildan 2024 yilgaça Ogunmodede smenalar orasidagi minimal 11 soatlik dam oliş töğrisidagi qonunni buzgan. U iş kunlari ikkita işda smenalarni birlaştirgan. Parlamentda bu fakt oşkor bölgan va ayol iş vaqtini çeklaş töğrisidagi qonunlarni buzgani uçun işdan böşatilgan.

Ogunmodede özini yaxşi his qilayotganini va dam oliş kunlari hordiq çiqarayotganini aytdi, biroq uning şartnomasi baribir bekor qilindi. U iş beruvçini adolatsiz işdan böşatişda va iş haqidan noqonuniy uşlab qolişda ayblab, sudga murojaat qildi, ammo sudya uning barça da’volarini rad etib, işdan böşatişni asosli deb atadi.

Sudya uning xatti-harakatlari qonunga zid ekanini, soğliği, xavfsizligi va jamiyat manfaatlariga xavf tuğdirişi mumkinligini ta’kidladi. Şuningdek, uni ikkinçi işi haqida töğri ma’lumot bermaganlikda aybladi.