Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro Timur Kapadze örniga Özbekiston milliy jamoasining yangi boş murabbiyi böladi.
Taniqli insayder Fabritsio Romano Özbekiston tomoni u bilan şaxsiy şartnoma böyiça kelişib olgani, qolgan rasmiy hujjatlar yaqin 24-48 soat içida imzolanişini xabar qildi.
Kannavaro taklifni qabul qilgan va uning tayinlovi haqida duşanba kuni e’lon qilinişi kutilmoqda.
Şu tariqa, öz tarixida ilk bor mundialga çiqqan Özbekiston milliy jamoasi 2026 yil yozida okeanortida bölib ötadigan turnirga xorijlik mutaxassis boşçiligida boradi.
Bundan oldinroq boşqa bir insayder Nikolo Skira ÖFA va mutaxassis örtasidagi muzokaralar yakuniy bosqiçga yetgani, u Özbekiston jamoasini 13 oktyabr kuni Urugvayga qarşi keçadigan örtoqlik öyiniga olib borişi mumkinligini xabar qilgandi.
Unga murabbiylar ştabida Çiçço Troize yordamçilik qilişi, Eugenio Albarella jismoniy tayyorgarlik böyiça murabbiy sifatida işlaşi aytilgan.
Ma’lumot uçun, ayni vaqtda 52 yoşda bölgan Fabio Kannavaro futbolçilik faoliyatida katta yutuqlarga erişgan. U 2006 yilda Italiya milliy jamoasi bilan jahon çempioniga aylangan va mundialdagi kuçli iştiroki uçun öşa mavsum yakunlariga köra «Oltin töp»ni qölga kiritgandi.
Ammo uning murabbiylikdagi faoliyati bir tekis keçmagan.
U murabbiylik faoliyatini Xitoyning «Guançjou Evergrand» klubida boşlagan (2014-2015), keyinroq Saudiya Arabistonining «An-Nasr» (2015-2016), Xitoyning «Tyanszin» (2016-2017), «Guanjçou» (2017-2021) klublarida işlagan, 2019 yilda bir muddat Xitoy milliy jamoasini boşqargan, keyin esa Italiyaning «Benevento» (2022-2023) hamda «Udinize» (2024) klublarini boşqargan.
Uning sönggi iş joyi Xorvatiyaning «Dinamo» Zagreb klubi bölib qolayotgandi, u 2024 yil dekabrida xorvatlar jamoasi boş murabbiyi etib tayinlangan, ammo 2025 yil aprelida qoniqarsiz natijalar tufayli iste’foga çiqarilgandi.

















