Kun.uz mutaxassislar tavsiyasi asosida ayollar uçun kuzda eng samarali muolajalarni va ularning narxlarini örgandi.
Sizga qaysi muolaja mos?
Kimyoviy piling (Chemical Peeling): bunday muolaja odatda yoğli, aralaş va aknega moyil terilarga tavsiya qilinadi. Yozda quyoş nurlari ta’sirida yoki boşqa sabablar tufayli tuşgan doğlarni yöqotadi. Poralarni tozalaydi va teri yuzasini yangilaydi. Dermatologlar kuzni piling uçun eng xavfsiz fasl ekanini ta’kidlaşadi. Çunki quyoş nurlari kuçsizroq böladi va terining qayta tiklanişiga zarar qilmaydi.
Toşkentdagi narxlar örtaça 400–800 ming sömni taşkil qiladi.
Lazerli tozalaş (Laser Resurfacing): uşbu kosmetik muolaja doğli, mayda ajinlari bor, qariş belgilari namoyon böla boşlagan terilarga mos keladi. Teri qatlamlarini yangilaydi va pigment doğlarni yöqotişga yordam beradi. Mayda ajinlarni bartaraf qiladi.
Toşkentdagi narxlar örtaça: 1,2 – 3 mln sömgaça.
Biorevitalizatsiya (gialuron kislotasi ukollari): öta qurib ketgan terilarga tavsiya qilinadi. Terini içidan namlantiradi, elastiklik va taranglik beradi, qişda yuz terisi qurib ketişidan himoya qiladi.
Toşkentda bu muolajalarni 700 ming – 1,5 mln sömgaça topiş mumkin.
Mezoterapiya (vitaminli kokteyllar): çarçagan, rangsiz va yorqinligini yöqotgan terilarga tavsiya qilinadi. Yuz terisini vitamin va minerallar bilan ta’minlaydi. Yuzni tabiiy yaltiratadi.
Poytaxtdagi kosmetologlardan bu muolajani 500 mingdan – 1,2 mln sömgaça oliş mumkin.
Apparatli tozalaş (HydraFacial, mikrodermabraziya): bu muolaja barça turdagi terilarga mos keladi. Teri poralarini tozalaydi va nafas olişiga yordam beradi. Qiş oldidan bunday tozalaş sovuq kunlarda ham yuzingiz öz salomatligini saqlab qolişiga yordam beradi.
Uni 400–900 ming sömgaça narxlarda topiş mumkin.
Trendda: PRX-T33 pilingi

















