Qoraqalpoğiston Respublikasi markazi Nukus şahrida aholi salomatligini mustahkamlaşga qaratilgan «Salomatlik marafoni» boşlandi.
Aksiya doirasida hudud aholisi 31 oktyabrgaça skrining va profilaktik köriklardan ötkaziladi. Tekşiruvlar Qoraqalpoğiston tibbiyot instituti klinikasi hamda bir vaqtning özida Nukusdagi 12 ta oilaviy poliklinikada amalga oşirilmoqda.


Jarayonga mahalliy şifokor va hamşiralar bilan bir qatorda Respublika ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlari hamda xorijdagi ilğor klinikalardan yetakçi mutaxassislar ham jalb etilgan. Bu orqali aholi zamonaviy taşxis va davolaş usullaridan foydalaniş imkoniyatiga ega bölmoqda.
Şuningdek, Nukusdagi uçta jamoat joyida «Salomatlik maydonçalari» taşkil etilgan bölib, ularda qon bosimi va puls ölçaş, antropometriya kabi oddiy köriklar ötkazilmoqda. Aholiga soğlom turmuş tarzi böyiça tavsiyalar ham berilmoqda.



Muhim jihati şundaki, tekşiruvlar davomida oğir kasallik aniqlangan yoki yuqori texnologik jarrohlik amaliyotiga muhtoj bemorlar yagona elektron baza – DMED tizimiga kiritilmoqda. Ular zarur şifoxonalarga yönaltirilib, Toşkentdan kelgan yetakçi mutaxassislar iştirokida jarrohlik amaliyotlari hududning özida amalga oşirilmoqda.
Bundan taşqari, poytaxtdan kelgan mutaxassislar tomonidan oilaviy poliklinikalardagi tibbiyot brigadalari a’zolari uçun turli yönalişlarda – kardiologiya, endokrinologiya, onkologiya, pediatriya va ginekologiya böyiça mahorat darslari taşkil etilmoqda. Vorkşop şaklidagi maşğulotlarda skrininglar ötkaziş, raqamli texnologiyalardan foydalanişda e’tibor qaratilişi lozim bölgan jihatlar ham örgatilmoqda.

















