Kompaniyaning sobiq va hozirgi xodimlari investorlarga taxminan 6,6 milliard dollarlik aksiyalarni sotgan. Dastlab aksiyalarni taxminan 10,3 milliard dollarga sotişga ruxsat bergan, biroq köpçilik biznesning istiqboliga işonç bildirgan holda bunday qilmaslikka qaror qilgan. Bu haqda Bloomberg va Reuters xabar bermoqda. 

Ilgari kompaniya taxminan 300 milliard dollarga baholangan edi. Aksiyalarni sotiş natijasida uning qiymati Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi qiymatidan oşib ketdi. SpaceX taxminan 400 milliard dollarga baholangan bölib, hozir u röyxatda ikkinçi örinda turibdi. Uçinçi örinda esa TikTok egasi bölgan Xitoyning ByteDance kompaniyasi örin olgan. 

Biznesmen Ilon Mask 2015 yilda kompaniya asosçilari qatorida bölgan. U 2018 yilda kelişmovçiliklar tufayli kompaniya direktorlar kengaşini tark etgan. Mask 2025 yil boşida OpenAI’ni 97,4 milliard dollarga sotib oliş taklifini bildirgandi. Milliarder 2024 yilda OpenAI’ga qarşi da’vo qözğatgan. U kompaniyaning tijorat bölinmasini taşkil etişi va Microsoft bilan hamkorlik qilişi dastlabki maqsadiga zid ekanini ta’kidlagan. 

Dekabr oyida OpenAI hujjat e’lon qilib, unda Maskning özi kompaniyani tijorat taşkilotiga aylantirişni qöllab-quvvatlaganini oçiqlagan. Biroq Mask kompaniya ustidan nazoratni qölga kirita olmagani sababli bu ğoyadan voz keçgan. 

Bloomberğning ta’kidlaşiça, OpenAI qiymatining oşişi sun’iy intellekt sohasidagi texnologiya yetakçilari atrofidagi “investitsion qiziqiş”ni körsatadi.

Masalan, sentabr oxirida çip işlab çiqaruvçi Nvidia OpenAI’ga taxminan 100 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritişini va kompaniyaga ma’lumot markazlari uçun çiplar yetkazib berişini e’lon qilgan.