Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda o‘lim jazosining tiklanishi umumxalq referendumida hal qilinishi mumkin
Prezident Sadir Japarov bu masala yakka holda emas, balki xalq bilan maslahatlashgan holda yechilishini aytdi.
Foto: Depositphotos
Qirg‘izistonda ayollar va bolalarga qarshi og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosining tiklanishi masalasi umumxalq referendumida hal qilinishi mumkin. Bu haqda prezident Sadir Japarov ma’lum qildi.
«Biz bu masalani yakka hal qilmaymiz. Xalq bilan maslahatlashamiz. Masala umumxalq referendumiga qo‘yilishi mumkin. Agar ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlasa, unda Konstitutsiya va qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, xalqaro majburiyatlarni qayta ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi», dedi davlat rahbari.
Prezident ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish ustuvor vazifa bo‘lib qolayotganini, bunday shov-shuvli masala bo‘yicha qaror faqat xalq tomonidan qabul qilinishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
Qirg‘izistonda ayollar va bolalarga qarshi og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosining tiklanishi masalasi sentabr oyi oxirida o‘ta shafqatsizlik bilan o‘ldirilgan 17 yoshli Aysulu Mukashevaning fojiali o‘limidan keyin ko‘tarildi.
Prezident so‘zlariga ko‘ra, u tergovni shaxsan o‘z nazoratiga olgan va ma’muriyatga o‘lim jazosini tiklash uchun qonunlarga o‘zgartirishlar tayyorlashni topshirgan. Sadir Japarov voyaga yetmaganlar va ayollarni o‘ldirish va zo‘rlash bilan bog‘liq jinoyatlar soni ortib borayotgani, «an’anaviy» qamoq muddatlari endi jinoyatchilarni to‘xtata olmayotganini ta’kidladi.
Shu bilan birga, u korrupsion jinoyatlar o‘lim jazosiga tortilishi mumkin emasligini, gap faqat shafqatsiz qotillik va pedofiliya haqida ketayotganini ta’kidladi.
Mavzuga oid
14:07 / 16.11.2025
O‘zbekistonga doim o‘zgacha tuyg‘ular bilan kelamiz – Japarov
22:17 / 15.11.2025
Toshkentda uch davlat tashqi ishlar vazirlari tomonidan Bayonnoma imzolandi
16:45 / 15.11.2025
Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari bilan uchrashdi
18:02 / 14.11.2025