Toşkentda “Özbekiston – Rossiya mehnat bozorini barpo etiş” forumi bölib ötdi.

Forum doirasida Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev Rossiyada mehnat qilayotgan özbekistonliklar huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularning iş faoliyati davomida erkin harakatlanişi, işlaş ruxsatnomalarini olişdagi murakkab jarayonlarni soddalaştiriş masalalarini alohida ta’kidladi.

Behzod Musayev “Özbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida xorijdan Özbekistonga işlaş yoki boşqa maqsadlarga kelganlarga kerakli şaroitlar yaratilayotganini aytdi.

“Joriy yil boşidan 400 mingdan ortiq Rossiya fuqarolari Özbekiston hududida röyxatdan ötgan. Ularning 4 mingdan ortiğiga Özbekistonda işlaş huquqi berilgan. Qaysi mamlakatdan kelişidan qat’i nazar, Özbekistonga taşrif buyurgan sayyoh böladimi, mehmonmi yoki işlaş orzusidagi insonmi, bemalol örnatilgan tartibda röyxatdan ötişi mumkin. Ularga albatta kerakli şaroitlar yaratiladi”, dedi u.