Önlab yillar davomida Bermud uçburçagi - Atlantikaning Florida, Puerto-Riko va Bermud orollari örtasidagi qismi - kemalar va samolyotlarning sirli yöqolişi haqidagi afsonalar bilan çulğangan. Ammo «ğayritabiiy» deb hisoblangan 70 dan ortiq holat, şu jumladan 1945 yildagi maşhur 19-reys, aslida oddiy ilmiy tuşuntirişlarga ega, deb yozdi Daily Galaxy.

Olimlar va dengiz mutaxassislarining ta’kidlaşiça, statistik jihatdan bu mintaqadagi hodisalar soni okeanning boşqa serqatnov qismlaridan farq qilmaydi. Maşhur Lloyd's of London suğurta kompaniyasi heç qaçon Bermud uçburçagini öta xavfli deb tan olmagan va AQŞ qirğoq qöriqlaş xizmati va NOAA rasmiy ravişda: «Bu yerda sirli yöqolişlar boşqa joylarga qaraganda tez-tez sodir bölayotganiga dalil yöq», deb ta’kidladi.

Tadqiqotçilar bir neçta asosiy omillarni körsatdi. Eng işonarli izoh - balandligi 30 metrgaça bölgan ulkan tölqinlar, ular hatto katta kemalarni ham bir zumda qoplab olişi mumkin. Xavf-xatarlarga kuçli Golfstrim oqimi ham qöşiladi, bu esa suzişni ham, qutqaruv işlarini ham qiyinlaştiradi. Bunga kompaslarni işdan çiqaruvçi magnit ğalayonlari, şuningdek, tajribasiz ekipajlardan tortib adaşgan uçuvçilargaça bölgan inson xatolari qöşiladi.

1945 yilda Amerika beşta bombardimonçisining izsiz yöqolişi ham tuşunarli sabablarga ega: kapitan Çarlz Teylor yönalişda adaşgan va Florida ustidan uçyapman deb öylab, guruhni okean tomon boşlagan.

Bunday oqilona izohlarga qaramay, Bermud uçburçagi haqidagi afsona hali ham mavjud - kitoblar, Hollivud filmlari va metan çiqindilari yoki Atlantika kristallari haqidagi köplab fitna nazariyalari tufayli.

«Nima uçun odamlar hali ham bu afsonalarga işonayotgani yagona jumboq», deb xulosa qildiavstraliyalik olim Karl Kruşelnitskiy.