Angliya: Gvardiolaning yubileyi

«Nyukasl» – «Nottinghem Forest» 2:0
Gollar: Gimarayns, 58 (1:0). Voltemade, 84 – penalti (2:0)
«Nyukasl»: Poup, Botman, Tshau, Bern, Trippiyer, Tonali, Joelinton (Mayli, 90+1), Gimarayns, Gordon (Barns, 69), Elanga (Merfi, 70), Voltemade (Osula, 90+1)
«Nottinghem Forest»: Sels, Kunya, Moratu (Bakva, 77), Milenkovich, Anderson, Yyeyts (Hatchinson, 64), Uilyams, Savona, Gibbs-Uayt, Ndoy (Hadson-Odoi, 64), Vud (Igor Jyezus, 64)
Ogohlantirishlar: Yyeyts, 32. Uilyams, 34. Moratu, 68. Anderson, 83

«Nottinghem»dagi inqirozning oxiri ko‘rinmayapti, jamoa boshqaruviga Angelos Posteko‘g‘li kelganidan keyingi davr esa — to‘liq qora polosani eslatadi. «Sent-Jyeyms Park»dagi o‘yinning birinchi bo‘limini «o‘rmonchilar» o‘z aktiviga yozib qo‘yishi mumkin, lekin ikkinchi bo‘lim boshidagi birinchi gol mehmonlarni sindirib qo‘ydi. Bruno Gimaraes markaziy zonada Gibbs-Uaytdan to‘pni olib qo‘yib, hujumga qo‘shilgan himoyachi Bern bilan raqib jarima maydoni yaqinida o‘zaro devor uslubida o‘ynadi va to‘pni qabul qilib olgach, to‘sin ostiga kuchli zarba berdi. Shundan keyin faqat Selsning harakatlari mehmonlar uchun imkoniyat saqlab turdi, u avvaliga Barnsning yaqin masofadan zarbasini to‘sdi, keyin esa Tshauning zarbasini oyoqlari bilan to‘sib qoldi. Ammo o‘yin oxirlariga borib Voltemade penaltini benuqson ijro etgan holda o‘yindagi intrigaga barham berdi. Germaniyalik hujumchi «qarg‘alar»ga Isakning yo‘qligini bilintirmayapti.

«Brentford» – «Manchester Siti» 0:1

Gol: Holand, 9 (0:1)
«Brentford»: Kelleher, van der Berg, Ayyer (Fabiu Karvalyu, 90+2), Kollinz, Hiki, Kayode, Henderson (Oniyeka, 73), Damsgor (Yyensen, 68), Yarmolyuk (Yanelt, 73), Shade, Tiago (Uattara, 68)
«Manchester Siti»: Donnarumma, Ruben Diash, Gvardiol, O`Rayli, Mateus Nunes, Rodri (Gonsales, 22), Reynders (Bernardu Silva, 77), Foden, Savio, Bobb (Doku, 77), Holand
Ogohlantirishlar: Shade, 45. Henderson, 70. Uattara, 84 – Mateus Nunes, 77. O`Rayli, 83

O‘yin startidayoq Gvardiolning ancha ichkaridan yo‘llagan uzatmasidan keyin to‘pni o‘ziga bo‘ysundirib olgan Holand raqib himoyachilari qarshiligini sezmasdan osonlik bilan darvozani ishg‘ol etdi. Aytish mumkinki, bu bilan norvegiyalik hujumchi geshtaltni yopdi, Londondagi stadionlarda muvaffaqiyatli to‘p suradigan (22 o‘yinda 21 gol) hujumchi bungacha faqat «Brentford» maydonida gol urmagandi. Shu bilan birga, bu Erling gol urgan 22-stadion bo‘ldi (23 stadiondan). Uning o‘yinda yagonaligini saqlab qolgan goli Xosep Gvardiolaning yubileyi uchun yetarli bo‘ldi. Ispaniyalik mutaxassis APLda 250-g‘alabasini nishonladi. Buning uchun unga 349 o‘yin yetarli bo‘ldi. U bu natijaga erishgan Arsen Vengerdan keyingi ikkinchi murabbiyga aylandi (fransiyalik mutaxassisda 423 o‘yinda shuncha g‘alaba bo‘lgan). Birinchi bo‘limda mezbonlar raqib jarima maydoni ichida biror marta to‘pga tegina olmadi, «asalarilar»da bunaqasi APLga chiqqanidan buyon biror marta kuzatilmagandi (159 igr). Lekin ikkinchi bo‘limda mezbonlar kuchliroq o‘yin namoyish etishdi va Donnarumma oyoqda o‘ynash unga xos emasligini eslatib qo‘ydi. Italiyalik darvozabon to‘pni uzoqlashtirishda xatoga yo‘l qo‘yib, uni raqibga topshirdi, uning baxtiga to‘p darvoza sohasiga to‘g‘ri bormadi.