Bojxona qömitasi çegara orqali notijorat maqsadida mobil qurilmalarni olib kirişda tölovlar böyiça ma’lumot berdi.
Qayd qilinişiça, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 19 apreldagi 244-son qarori bilan jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy ehtiyoji uçun notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kiriş normalari havo transportida 1000 AQŞ dollari, temiryöl va daryo transportida 500 AQŞ dollari, avtomobil (piyoda) ötkaziş punktlari orqali 300 AQŞ dollari etib belgilangan.
Bunda, mobil qurilma bojxona qiymati belgilangan normadan ortgan taqdirda, çeklangan me’yorlardan ortiq qismiga nisbatan 30 foiz miqdorida yagona bojxona tölovi undiriladi.
Şuningdek, bojxona organlari tomonidan bojxona kirim orderini töldiriş va rasmiylaştiriş uçun BHM 25 foizi (103 000 söm) miqdorida bojxona rasmiylaştiruvi uçun yiğim undiriladi.
Öz navbatida, mobil qurilmaning bojxona qiymati çeklar, kvitansiyalar va (yoki) boşqa tijorat hujjatlari bilan tasdiqlangan, ma’lum qilingan qiymatdan kelib çiqqan holda belgilanadi.
Şaxs tomonidan ma’lum qilingan tovarlarning bojxona qiymati töğri belgilanganligini tasdiqlovçi hujjatlar va ma’lumotlar bölmagan taqdirda bojxona organi tovarlarning bojxona qiymatini mustaqil ravişda belgilaydi. Bunda, bojxona organi öz ixtiyorida mavjud bölgan narxlar töğrisidagi axborotdan ya’ni bojxona yuk deklaratsiyalari elektron baza ma’lumotlari va muqobil manbalaridan olingan narxlardan foydalanadi.
Ta’kidlanişiça, muqobil manbalardan olingan narxlarga işlab çiqaruvçi korxonalar yoki yetkazib beruvçilarning rasmiy e’lon qilinadigan ma’lumotnomalari, byulletenlari, prays-varaqlari va boşqa işonçli manbalar kiradi.
Misol uçun, iPhone 17 rusumidagi mobil qurilma olib kirilganda, uning bojxona qiymati agar xarid çeki, kvitansiyasi va (yoki) boşqa tijorat hujjatlari mavjud bölsa, undagi qiymatdan kelib çiqib, agar mavjud bölmasa Apple kompaniyasining fuqaro kelayotgan davlatdagi rasmiy saytidagi narxlarga asoslaniladi.

Ta’kidlanişiça, qurilmalarning bojxona qiymati ular olib kirilayotgan davlatdagi narxlarga çambarças boğliq.













