6 oktyabr, duşanba kuni AQŞ Oliy sudi Rossiya Sberbankining 2014 yilda Donbassda Malaysia Airlines samolyoti qulaşida halok bölgan AQŞ fuqarosi Kuin Şansman oilasi da’vosi böyiça bankni sudga beriş qonuniyligi haqidagi quyi sud qaroriga e’tiroz bildirgan apellyatsiyasini rad etdi.

Şansman vafot etganida 18 yoşda edi. 2019 yil aprel oyida uning oilasi Sberbankka qarşi sudga murojaat qilib, moliya institutini 2014 yilda Ukrainaning Donetsk viloyatidagi «DXR» deb atalmiş hudud jangarilarga xayriya mablağlarini ötkaziş uçun AQŞ bank tizimidan foydalanganlikda aybladi.

Şansmanlar oilasi sudga da’vo kiritganidan bir yil ötmay, 2020 yil boşida Rossiya Moliya vazirligi Milliy farovonlik jamğarmasi mablağlari hisobidan Rossiya bankidan Sberbank aksiyalarining nazorat paketini sotib oldi.

Keyinçalik, Sberbank Şansmanlar oilasining da’vosiga e’tiroz bildirdi va bu davlat taşkiloti ekanligini, uni boşqa mamlakatlarda jinoiy javobgarlikka tortiş mumkin emasligini ta’kidladi. Biroq, Manhettendagi 2-apellyatsiya sudining uç sudyasi 2025 yil fevral oyida bu işda suveren daxlsizlik prinsipi Sberbankka taalluqli emas degan qarorga keldi.

Öşa paytda sudya Jozef Byanko tuşuntirganidek, Rossiya Sberbanki özini mustaqil deb e’lon qilgan «DXR»dagi jangarilarni moliyalaştirgan va şuning uçun ularni şerik deb hisoblaş mumkin. Şuning uçun Rossiya davlat banki sifatidagi maqomi unga suveren immunitetga ega böliş huquqini bermaydi.

Sudyaning qöşimça qilişiça, Sberbank tomonidan amalga oşirilgan pul ötkazmalari «odatiy tijorat faoliyati» bölib, şuning uçun Xorijiy davlatlarning immunitetlari töğrisidagi qonun (FSIA) doirasiga kirmaydi.