Birjadagi oltinning unsiya narxi (taxminan 31,1 gramm) rekordlarni yangilab, 4000 dollarga yaqinlaşmoqda. Bu haqda 6 oktyabr, duşanba kuni dpa axborot agentligi xabar berdi.

Nyu-York fond birjasidagi savdolar oçilişida oltin unsiyasining narxi 3886 ming dollardan oşdi, kunlik maksimal qiymati esa 3969 ming dollardan kötarildi. Toşkent vaqti bilan soat 02:00 da narx 3960 dollarga tuşdi — bu oçiliş narxidan 74 dollarga yuqori.

Ötgan hafta boşida bir unsiya oltin narxi uç marta yangi rekord darajaga yetdi. Oxirgi beş iş kunida narx 3757 dollardan 3885 dollargaça kötarildi — deyarli 130 dollarga yoki 3 foizdan köproq ösdi.

Oltin narxi asosan 1 oktyabrda boşlangan AQŞ hukumati işining töxtatilişi tufayli oşib bormoqda. Bunga Senatning kelasi yil uçun ham Demokratik, ham Respublikaçilar partiyalarining federal budjeti takliflarini qabul qilmagani sabab bölgan.

Köpgina davlat idoralari faoliyati töxtatilişidan taşqari, şatdaun 3 oktyabrda mehnat bozori hisobotining e’lon qilinmasligiga olib keldi. Bu holat investorlarni xavotirga solmoqda, ular iqtisodiyotning istalgan sohasiga sarmoya kiritişdan köra, pullarini vaqtinça xavfsiz joylarda saqlaşni afzal körmoqda.