Toşkent şahrining Şota Rustaveli köçasi markazidagi yölakda avtobuslar harakatlana boşladi. Birinçi bosqiçda 38, 57 va 58-sonli avtobus yönalişlari qatnoviga ruxsat berilgan. Xöş, jamoat transportining yangi tizimi yölovçilarda qanday taassurot qoldiryapti? Kun.uz muxbiri şu haqda reportaj tayyorladi.

7 oktyabr kuni Toşkentning Şota Rustaveli köçasi örtasida avtobuslar uçun ajratilgan 5 kmlik yölak oçildi. Hozirça 38, 57 va 58-sonli avtobuslar harakatlanyapti. Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan yölovçilarga köra, uşbu yölak tufayli 20-25 daqiqalik yöl 10-15 daqiqaga qisqargan, tirbandlik kamaygan.

“Biz bu yölni 3 oy kutdik, juda qulay. Bekatga ötişi uçun peşexod bor. Bolalar özi ham öta oladi. Oldin bunaqa darajada peşexod yöq edi. Oldin maşinalar bilan aralaşgani hisobiga avtobus örtada qolib ketardi, çiqa olmay qolardi, maktabga keç qolardik”, - deydi yölovçilardan biri.

Boşqa bir suhbatdoş yengil maşinalarning töxtovsiz signallari endi yöqligini aytdi.

“Köpinça metrodan foydalanardim. Şota Rustaveli köçasi yopiqligi sababli metro tirband edi. Mana bugun oçilibdi, maşinalarda oldingidek, signallar yöq. Endi bu yölakni yana ham rivojlantiriş uçun qanaqadir manzarali daraxtlar ötqaziş kerak deb öylayman.

Oldin işxonagaça taxminan 45-50 daqiqada borardim. Hozir şu yölning yarmiga yetdik («Grand Mir» mehmonxonasi), hali 15 daqiqa ötmadi. Menimça, bekatlar yozgi issiq kunlarga unçalik yaxşi himoyalanmagan. Tomi tunukadan iborat, quyoş nuri ötib ketadi. Bekatlarga konditsionerlar örnatibmi, yanayam zamonaviy qiliş kerak”, – deydi yölovçi.

58-sonli avtobus haydovçisi Furqat Jörayev yölak ança xavfsiz ekanligini bildirdi.

“Yengil maşinalar xalaqit qilmaydi. Bexatar yuramiz-da. Qulayliklari zör. Oldingidan 5-10 minut farq qiladi. 40 daqiqada boradigan joyimizga yarim soatda boryapmiz. Avval tirbandlik köp bölardi. Bu zör tizim”, - deydi u. 38-sonli avtobus haydovçisi Nosir Mirzakamolov yengil avtomobillar yölakka çiqib olayotgani noqulaylik tuğdirayotganini aytdi.

“Vaqtimiz qisqarişga qisqardi-yu, bizning vaqtimiz Sergeli, Bodomzor koneçkalarida köproq ketib qolyapti. Tirbandliklar asosan öşa yerda bölyapti. Bu yölak böyiça tirbandliklar yöq. Qulay. Kamçiliklari bor-u, yaxşi, çiroyli qurilgan. Yengil maşinalar ozgina yönalişini bilmayapti, bizning yönalişimizga kirib, xalaqit beryapti. Agar şu yönaliş oxirigaça olib borilsa, odamlarning manziliga yetiş vaqti qisqaradi, Indeks bozorigaça uzaytirişsa, ança qulay böladi”, - deydi Mirzakamolov.