KGB agentligidan Kremlgaça. Vladimir Putinning hayot yöli
|00:52 / 08.10.202527 46812 min
Ötgan asrning 90-yillari oxiri. Rossiyaning birinçi prezidenti Boris Yelsin siyosiy faoliyatini yakunlaş haqida öylay boşlaydi. Mamlakatda iqtisodiy inqiroz çuqurlaşib borar, xalq orasida norozilik kuçaygandi. Şunday şaroitda siyosiy maydonga Vladimir Putin kirib keladi. Kun.uz 7 oktyabr kuni 73 yoşni qarşilagan siyosatçining hayot yöli haqida hikoya qiladi.
«Köça bolasi»
Vladimir Putin 1952 yilda Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) şahrida kambağal oilada tuğilgan. Bobosi Spiridon Ivanoviç SSSR kommunistik partiyasining közga köringan şaxslarining dalahovlilarida oşpazlik qilgan. Otasi Vladimir Spiridonoviç esa Ikkinçi jahon uruşida asosan Leningrad frontida jang qilgan, qator orden va medallar sohibi bölgan. Putinning otasi ham, onasi ham u Rossiya prezidentligiga kelişidan bir muddat avval vafot etadi.
Vladimir maktabda jangari öquvçi bölgan. Eng yaqin döstining xotirlaşiça, «u istalgan raqib bilan muştlaşişi mumkin edi», çunki «u qörquv neligini bilmagan».
Foto: Getty Images
Şunga qaramay, ozğin va besönaqay yigitça köça bezorilari bilan tölgan şaharda özini himoya qila olişi kerak edi va 12 yoşida avvaliga sambo bilan, keyin esa dzyudo bilan şuğullana boşlaydi. Putin qat’iy va intizomli edi, 18 yoşida u dzyudo böyiça qora belboğ sohibi böladi, ösmirlar örtasidagi milliy musobaqada esa uçinçi örinni egallaydi.
KGB tomon yöl
Odamlar KGBning Leningraddagi ştab-kvartirasi joylaşgan Liteyniy prospekti, 4-uyni ança naridan aylanib ötişardi. Stalin zamonida uning tergov kameralari orqali şu qadar köp odam GULAG lagerlariga jönatilganki, Leningradda şunday hazil gap yurardi: «Katta uy» - şahardagi eng baland bino, çunki uning hatto yertölasidan ham Sibir körinib turadi.
Oldin 8 yillik, keyin örta maktabni örta baholar va haminqadar xulq bilan tugatgan yoş Vladimir razvedka xodimi böliş iştiyoqida yonardi. Çunki totalitar tuzum yoşlari şu ruhda tarbiya qilingandi.
16 yoşli Putin hammada qörquv uyğotadigan KGB binosiga töğri kirib boradi va unga hayron qarab turgan ofitserdan bu yerga qanday işga kiriş mumkinligini söraydi. Unga harbiy xizmat ötaş yoki ilmiy daraja oliş kerakligini aytişadi. Şundan söng Putin yuridik ta’lim oliş va işga joylaşişga ahd qiladi, uning nazdida aynan xavfsizlik idorasida partiyaga aloqador bölmay turib ham kötariliş imkoniyati bor edi.
Mavzuga oid
Vladimir 1970-1975 yillar oraliğida Leningrad universitetining yuridik fakultetida tahsil oladi. Öqişni bitirgaç, leytenant unvoni bilan xavfsizlik qömitasiga işga olinadi. 1977 yildan boşlab u KGBning kontrrazvedka bölimida faoliyatini boşlaydi va özining taşabbuskorligi va harakatçanligi tufayli tizimda asta-sekin yuqoriga kötariladi.
Foto: kremlin.ru
Putin 1984 yilda Moskvadagi Andropov nomidagi taşqi razvedka akademiyasini tamomlaydi. Öqiş davomida u Platov familiyasi bilan hujjat yuritadi. Çunki KGB talabiga köra hatto bir kursda öqiydiganlar ham bir-birlariga oid ma’lumotlarga ega bölmasliklari lozim edi va taxalluslarni rahbariyat tanlab berardi. «Platov» öqişda özini körsatadi, guruh sardori böladi va nemis tilini çuqur örganadi.
Putin har qança umid qilmasin, KGBdagi faoliyatida katta ösişga erişa olmaydi. U doimo örta darajadagi xodim bölib qolgan, yuqori lavozimga kötarilmagan. 1985 yilda Vladimirni xavfsizlik qömitasining Drezdendagi aloqa bölimiga işga yuborişadi. 80 yillarning oxiriga kelib kommunistik rejimlar birin-ketin qulay boşlaydi. Xususan, 1989 yilning noyabriga kelib Berlin devori quladi. Minglab nemislar ozodlik uçun köçaga çiqadi. Ular Putin xizmat qilayotgan KGB bölimiga ham hujum qilişadi. Ularning maqsadi SSSR razvedkasiga oid arxiv hujjatlarini qölga kiritiş edi. Putin esa qurol işlatmasdan olomonni tarqatib yuborişga muvaffaq böldi va özi yiğgan maxfiy ma’lumotlarni yoqib yuboradi. Şundan söng, 1990 yilning yanvarida u Germaniyadagi faoliyatini yakunlab, Leningradga qaytadi.
Foto:Bild
Xalqaro ekspertlar uşbu voqealar fonida Putin markaziy hokimiyatning tösatdan qulaşi böyiça saboq olgani va muxolifatçilar bilan töqnaşganda yon bergan sovetlarning sönggi rahbari Mixail Gorbaçyovning xatosini heç qaçon takrorlamaslik va bunday holatda tez va qat’iy harakat qiliş böyiça könikmalarga ega bölganini qayd etişgan.
Putinning prezidentlikka kelişi
Sovetlar ittifoqi parçalangaç Putin KGBdan ketadi. Dastlab u 1990 yilda Leningrad davlat universitetida rektor yordamçisi bölib iş boşlaydi. Rektor Merkurev uni şahar meri Anatoliy Sobçak bilan taniştiradi va işonçli xodim sifatida tavsiya qiladi. 1991 yilda Sobçak Sankt-Peterburgga mer etib qayta saylangaç, Vladimir unga xalqaro masalalar böyiça yordamçi böladi. Putin keyinçalik siyosiy qaraşlari şakllanişida Sobçakning örni katta ekanligini ta’kidlab, uni öziga ustoz deb atagan.
1996 yilda Anatoliy Sobçak gubernatorlik saylovlarida yengiladi. Işsiz qolgan Putin keyinçalik bu paytda kirakaşlik qilişni ham öylagani haqida aytgan. Ammo Vladimirni yangi istiqbol – Moskvada katta işlar kutib turardi. Rossiya prezidentining iş boşqaruvçisi Pavel Borodin uni öziga örinbosar bölişga taklif qiladi. Putin oradan bir yil ötib, 1997 yilda Aleksey Kudrin örniga prezident administratsiyasi rahbarining örinbosari etib tayinlanadi. 1998 yilda esa KGBning vorisi bölgan FSB (Federal xavfsizlik xizmati) rahbarligiga keladi.
Vladimir Putin 1998-99 yillarda RF FXX raisi bölgan
Putinning mansab pillapoyalarida kötarilişi şiddat bilan keçadi. Prezident Boris Yelsin 1999 yil avgustida uni hukumat raisi etib tayinlaydi. Bu lavozimda 5 oy ham işlamagan Putin 1999 yilning sönggi kuni – 31 dekabrda Yelsin tomonidan voris sifatida taqdim etiladi va 2000 yilning ilk kunidan prezident vazifasini bajaruvçi sifatida iş boşlaydi. Şu tariqa Putinning hujjatda 22 yillik, amalda esa 26 yillik hukmronligi boşlanadi.
Putinning ilk inauguratsiya marosimi. Foto: Vladimir Rodionov / TASS
Xalqaro ekspertlarga köra, Yelsin özining qilmişlarini yaşiriş uçun Putinni prezidentlikka olib kelgan. Putinning birinçi harakatlaridan biri Yelsinni afv etiş, unga «jinoiy yoki ma’muriy tergovlardan daxlsizlik, jumladan uning hujjatlari, turar joyi va boşqa mulklarini tintuv va olib qöyişdan himoya qiliş» bölgan.
Putin hokimiyatining mustahkamlanişi
Rossiyaning yangi rahbari heç qaçon deputat yoki gubernator bölmagan, siyosiy muhitda yaşab qoliş tajribasiga ega emasdi. Ammo bir qator omillar Putinning ruslar orasida şuhrat qozonişi va öz hokimiyatini mustahkamlab olişiga yordam beradi. Xususan, 1999 yilda Putin çeçen jangarilariga qarşi uruş boşlaydi. Bu paytda mamlakat beqarorlik, terror hujumlari, iqtisodiy tanazzul bilan yuzlaşgandi. Aynan çeçen uruşidagi muvaffaqiyat unga nisbatan «tartib örnatgan rahbar» imijini şakllantirdi. Masalan, 1999 yil avgustida Putin boş vazir lavozimida işlab turganida uning bu lavozimdagi faoliyatini rossiyaliklarning 33 foizi ma’qullagan, 31 foizi ma’qullamagan. Oradan bir oy ötib, Ikkinçi Çeçeniston uruşi boşlangaç, ma’qullaş reytingi qariyb ikki barobarga oşib 65 foizga yetgan. Ma’qullamaganlar soni esa 21 foizgaça kamaygan.
Putin Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov bilan. Foto: AFP
2000 –2008 yillarda jahon bozorida neft narxi keskin ravişda qimmatlab ketadi. Xususan, 2000 yillarning boşida 1 barrel neftning bahosi jahon bozorlarida 28 dollar bölgan bölsa, 2008 yilning yoziga kelib 130 dollardan ham oşib ketadi. Rossiya eksportining katta qismini neft va gaz taşkil etgani sababli budjetga tuşumlar karrasiga oşadi. Natijada oyliklar, pensiyalar, ijtimoiy tölovlar miqdori yaxşilanadi. Bu esa «Putin davrida hayot yaxşilandi» degan tasavvurni şakllantiradi. Şuningdek, uşbu davrda Kreml asosiy telekanallarni töliq nazorat ostiga oldi va axborot oqimi Putinni «xalq uçun işlayotgan, millatni tiklayotgan lider» sifatida namoyon qila boşladi.
Putin va AQŞ prezidenti Jorj Buş Novo-Ogaryovo rezidensiyasida GAZ-21 «Volga» avtomobilini boşqarişmoqda, 2005 yil.
Foto: Reuters
Gruziyaga bostirib kiriş
Putin 2000 yilda Rossiya prezidenti bölganida, u Ğarb bilan öz şartlari asosida, jumladan Rossiyaning sobiq sovetlar ittifoqi hududidagi ta’siri saqlab qolinişi fonida ijobiy munosabatlar örnatişga umid qilgandi. Köp ötmay uning hafsalasi pir böladi, keyin esa Ğarb Rossiyani yakkalab qöyayotgani va kamsitişga urinayotgani haqida xulosaga kelib, ğazab otiga minadi. Gruziya prezidenti Mixail Saakaşvili öz mamlakatini NATOga a’zo qilişga qaror qilganida esa Putinning butunlay jahli çiqadi va Gruziya Rossiya tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan ayirmaçi Janubiy Osetiya ustidan nazorat örnatişga urinayotganini bahona qilib, jazo amaliyotini boşlaydi. Beş kun içida Rossiya qöşini gruzin armiyasini tor-mor etadi va Saakaşvilini şarmandali bitim tuzişga majburlaydi.
Putin va Saakaşvili
Ğarbning jahli çiqadi, ammo bir yil ötib AQŞ prezidenti Barak Obama Rossiya bilan munosabatlarni «qayta yölga qöyiş»ni taklif etadi, Moskva esa hatto 2018 yilgi futbol böyiça jahon çempionati mezbonligini qölga kiritadi. Uşbu holat Putinni niyohatda ilhomlantirib yuboradi. U yetakçilar özgarib turuvçi Ğarb şovqin kötarişi mumkin, ammo pirovardida kuçli iroda qarşisida çekinadi degan xulosaga keladi. Natijada Rossiyani sobiq SSSRning huquqiy merosxöri deb hisoblab, yaqin qöşnilar ustidan siyosiy, harbiy va iqtisodiy nazoratni tiklaşga kirişadi.
Ukraina uruşi
2013 yil 28 noyabrda Litva poytaxti Vilnyusda Ukraina va Yevropa Ittifoqi örtasida özaro integratsiya haqidagi kelişuv imzolanişi kerak edi. Ukraina prezidenti Viktor Yanukoviç barçani ajablantirgan holda öşa şartnomani imzolamadi. Bu esa Yevropa Ittifoqiga vizasiz kirişni umid qilib yurgan ukrainaliklarning sabr kosasini töldirdi. Şu tariqa «Maydan» voqealari boşlanib ketdi, Yanukoviç Rossiyaga qoçdi. Kiyevdagi markaziy maydonni namoyişçilar töldirdi va ular Yevropa Ittifoqi bilan integratsiya kelişuvini imzolaş lozimligini talab qila boşladi. Ukraina Rossiyaga orqa ögirdi va bu davlat tepasiga Yevroittifoqi bilan yaqin munosabatlar örnatişni va’da qilgan odamlar kelişdi.
Rossiya esa Ukraina öz ta’sir doirasidan çiqib ketayotganini hazm qila olmay, mamlakat şarqida yaşovçi ruslarni qurollantirdi. Kamiga u yerga köp sonli harbiylarini jönatdi. Oqibatda qurolli mojaro yuzaga keldi.
Hodisalar davomida Qrim Rossiyaga qöşib olindi. Ukraina va Ğarb olami buni bosqin deb hisobladi. Ukraina şarqidagi Donetsk va Lugansk oblastlarining bir qismi Rossiya ta’sir doirasiga ötib, Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasi nomlari bilan özini mustaqil deb e’lon qildi. Ikki örtadagi keskin munosabatlar 2022 yilning 24 fevraliga kelib keng kölamli uruşga aylanib ketdi. Vladimir Putin tomonidan «maxsus harbiy operatsiya» deya iddao qilinadigan harbiy harakatlar ayni paytda ham davom etyapti.