2025 yil 1 oktyabr holatiga, Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari 54,99 mlrd dollarni taşkil qildi. Zaxiralar qiymati ötgan oyga nisbatan 4,9 mlrd dollarga köp. Bu haqda Markaziy bank taqdim qilgan hisobotda keltirilgan.

Sentyabr oyi davomida zaxiralarning valuta qismi 735 mln dollarga oşgan bölsa, oltin qismining qiymati 4,17 mlrd dollarga oşib 44,2 mlrd dollargaça köpaygan.

Zaxiralar tarkibida oltinning fizik hajmi 11,8 mln troya unsiyadan 11,6 mln troya unsiyaga kamaygan.

Jahon bozorida oltin narxlarining oşib borişi fonida yil boşidan beri Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari sezilarli darajada köpaydi. 1 oktyabr holatiga qayd etilgan qariyb 55 mlrd dollarlik zaxiralar – mamlakat uçun tarixiy rekord körsatkiçdir.

Bundan taşqari, Markaziy bank tomonidan xarid qilingan qimmatli qoğozlarning qiymati ötgan oyda biroz oşib, 1 mlrd 19 mln dollarga yetgan.

Oltin narxining yil boşidan beri keskin kötarilişi global bozorlar bilan bevosita boğliq. Fevral–may oylarida jahon miqyosida geosiyosiy tangliklar va AQŞ federal rezerv siyosati tufayli oltin keskin qimmatlaşdi.

Iyulda esa qisqa muddatli pasayiş kuzatildi. Avgust–sentabrda narx yana tiklanib, bu davrda 3,4 foiz ösiş qayd etildi. Tahlilçilar fikriça, bunday tendensiya mavsumiy talab va global iqtisodiy noaniqliklar bilan izohlanadi. 7 oktyabr kuni oltin narxi tarixda birinçi marta 1 unsiya uçun 4000 dollardan oşdi.