OpenAI'ning Texas ştati Abilin şahrida qurilayotgan yirik ma’lumotlar markazlaridan biriga ekskursiya çoğida Altman butun sanoatni moliyaviy jihatdan tor-mor keltirişi mumkin bölgan potensial vaziyatga nisbatan ölçovli baho berdi.
«Biz işlayotgan ön yil içida va keyingi ön yilliklarda ham kötarilişlar, ham pasayişlar böladi», dedi u.
Yarim trillion dollarlik startapga rahbarlik qilayotgan va tez rivojlanayotgan sun’iy intellekt sanoatining avangardini ifodalovçi odamdan bunday xotirjam bayonotni eşitiş ğalati. Bugungi kunda deyarli butun jahon iqtisodiyoti uşbu sohaga sarmoya kiritmoqda.
Sun’iy intellektning ta’siri kölamini Wall Street Journal tomonidan keltirilgan statistik ma’lumotlar körsatadi: AQŞda sönggi ikki çorakda SIga kapital qöyilmalar iqtisodiy ösişga uy xöjaliklarining barça xarajatlaridan köra köproq hissa qöşgan.
Şuning uçun, agar SI pufakçasi yorilib ketsa, bu butun iqtisodiyotga jiddiy ta’sir körsatişi mumkin, deyilsa mubolağa bölmaydi.
Xavf belgilari hamma joyda körinyapti — va eng xavotirlisi şundaki, eng yirik sun’iy intellekt kompaniyalari unumdorlikda öziga xos inqilobni kutayotgan investorlar milliardlab dollar tikayotgan texnologiyalardan foyda oliş qobiliyatini hali isbotlay olmagan.












