Afğoniston böyiça maslahatlaşuvlarning Moskva formatiga (MMF) a’zo davlatlar uşbu mamlakatda uçinçi davlatlarning harbiy iştirokiga qarşi çiqdi. Bu haqda 7 oktyabr kuni Rossiya poytaxtida bölib ötgan MMF yiğilişi yakunlari böyiça qabul qilingan qöşma bayonotda aytiladi.

«Mamlakatlarning Afğoniston va unga qöşni davlatlarda öz harbiy infratuzilma obektlarini joylaştirişga urinişlari nomaqbul deb topildi, çunki bu mintaqaviy tinçlik va barqarorlik manfaatlariga mos kelmaydi», deyiladi bayonotda.

Qaysi mamlakatlar Afğonistonda harbiy infratuzilma obektlarini joylaştirişga urinayotganiga aniqlik kiritilmadi. Avvalroq, AQŞ prezidenti Donald Tramp Afğonistondagi Bagrom aviabazasini qaytariş niyatida ekanini ma’lum qilgandi.

Moskva formatidagi yiğilişda birinçi marta Afğoniston delegatsiyasi tölaqonli iştirokçi sifatida qatnaşdi, unga «Tolibon» hukumatidagi taşqi işlar vaziri Amir Xon Muttaqiy boşçilik qildi. Iştirokçilar orasida an’anaviy ravişda Rossiya, Hindiston, Eron, Qozoğiston, Xitoy, Qirğiziston, Pokiston, Tojikiston va Özbekiston vakillari bor edi. Mehmon sifatida zalda Belarus delegatsiyasi böldi.