Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida hokimlik xodimi qo‘lga olindi
Ohangaron tuman hokimligi bosh yuriskonsulti hokimlik balansida bo‘lgan xonadonni fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1500 dollar olgan vaqtida ushlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, Ohangaron tuman hokimligi bosh yuriskonsulti “Eyvalek” MFYda joylashgan va hokimlik balansida bo‘lgan xonadonni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Bosh yuriskonsult muqaddam bir necha marotaba sudlangan bo‘lishiga qaramasdan, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:27 / 22.05.2026
Bekobodda “bangixona” tashkil qilgan jinoyatchilar fosh etildi
08:26 / 16.05.2026
Toshkent viloyatida 5 kilodan ortiq “opiy” musodara qilindi
07:34 / 05.05.2026
Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi
10:57 / 27.04.2026