Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya sudi IShID jangarisini Tojikistonga deportatsiya qilishga ruxsat berdi
Nemis rasmiylari Tojikistonda qiynoqlarga duchor bo‘lishi mumkinligidan xavotirlanib, IShIDga jangarisini ko‘p yillar davomida o‘z vataniga deportatsiya qilishga ikkilangan edi.
Foto: Freepik
Myunsterdagi Shimoliy Reyn-Vestfaliya oliy ma’muriy sudi Germaniyada yashovchi IShID jangarisini Tojikistonga deportatsiya qilishga ruxsat berdi. 9 oktyabr, payshanba kungi xabarga ko‘ra, sud Tojikiston fuqarosining Myunster ma’muriy sudi tomonidan chiqarilgan shunga o‘xshash qarori ustidan bergan shikoyatini rad etdi. Shunday qilib, ish bo‘yicha sud jarayoni qonuniy yakunlandi.
Sudga ko‘ra, Myunster yaqinida yashovchi erkak 2015 yilda IShID safiga qo‘shilgan, u tashkilot safida Suriyada, keyin esa Iroqda jang qilgan. 2017 yilda Dyusseldorf oliy sudi uni xorijiy terrorchilik tashkilotiga a’zolikda ayblab, besh yilga ozodlikdan mahrum qilgan.
2018 yilda unga hukm chiqarilganidan so‘ng Migratsiya va qochqinlar bo‘yicha federal idora uning vataniga deportatsiyasini taqiqlagan. Bunga mahkumning Tojikistonda qiynoqlarga duchor bo‘lishi mumkinligi haqidagi gumon sabab bo‘lgan. Deportatsiya taqiqi 2024 yilda bekor qilingan. Tojikiston rasmiylari avvalroq bu shaxs qiynoqlar yoki shunga o‘xshash og‘ir jazolarga duch kelmasligiga ishontirgan edi. Bu, xususan, Tojikiston Tashqi ishlar vazirligining og‘zaki notasi bilan kafolatlangan.
Myunster ma’muriy sudi avgust oyida Tojikiston fuqarosining taqiqni bekor qilish haqidagi da’vosini rad etdi. Ekspert bahosiga ko‘ra, arizachi endi o‘z vatanida qiynoqlar yoki shafqatsiz munosabatda bo‘lish xavfiga duch kelmaydi. Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi notasi aynan shuni kafolatlaydi. Sud qiynoqlar xavfini yangi baholash imkonini beruvchi «o‘zgargan holatlar»ga asoslanib, ushbu bahoni qabul qildi.
Mavzuga oid
11:47
So‘rov: nemislar hukumat va pensiya tizimidan norozi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
16:30 / 04.12.2025
Berlin Ukrainaga qurol-yarog‘ yordamini 200 mln dollarga oshiradi
16:43 / 03.12.2025