Ğazodagi HAMAS muzokaralar guruhi rahbari Xalil al-Xayya öt oçişni töxtatiş töğrisidagi bitim kuçga kirganini e’lon qildi, deb xabar berdi Reuters.
Al-Xayyaning telemurojaat bilan çiqqan bayonotida aytilişiça, HAMAS Ğazodagi uruş uzil-kesil yakunlangani haqida AQŞ va vositaçilardan kafolat olgan.
«Biz bugun uruş tugagani va doimiy otaşkesim boşlanganini e’lon qilamiz. Kelişuv ikki yönalişda ham Rafah çegara ötiş joyini oçişni nazarda tutadi. Kelişuv doirasida Isroil barça falastinlik mahbus ayollar va bolalarni ozod qiladi», dedi al-Xayya.
Qayd qilinişiça, kelişuv doirasida Isroil qamoqxonalarida umrbod qamoq jazosini ötayotgan 250 nafar falastinlik, uruş boşlanganidan beri qölga olingan yana 1700 nafar ğazolik falastinlik, şuningdek, qölga olingan barça ayollar va bolalar ozod qilinadi.
Avvalroq, AQŞ prezidenti Donald Tramp ham Ğazoda uruşu tugagani va endi Ğazo qayta qurilişini e’lon qilgan edi.













