Ğazodagi uruş nihoyat tugaydiganga öxşayapti. 9 oktyabr kuni Isroil va HAMAS otaşkesim böyiça dastlabki kelişuvga erişdi. AQŞ prezidenti Trampning bosimi bilan qolgan bosqiçlarda ham kelişuv amalga oşsa, uçinçi yilga qadam qöygan qirğinbarot nihoyat tugaydi. Quyida şu haqda.

Isroil çekinadi

Kelişuv haqida birinçi bölib AQŞ prezidenti Donald Tramp e’lon qildi. Boşqaça bölişi mumkinmi axir? Tramp xuddi bizdagi juda köp feyk xabarlar tarqatadigan Telegram-kanallar kabi bunaqa jiddiy bayonotlarni birinçi bölib berişga intiladi. Oldingi muddatida Tramp butun boşli Amerikani Twitter orqali boşqarardi hisob.

«Katta faxr bilan Isroil va HAMAS kelişuvga erişganini e’lon qilmoqçiman. Ular biz taklif qilgan tinçlik kelişuvining birinçi bandini imzoladi. Tez orada barça asirlar ozod qilinib, Isroil qöşinlari kelişilgan masofagaça çekinadi. Bu mintaqadagi mustahkam va abadiy tinçlik tomon yöl oçadi», deb yozdi Tramp öziga tegişli Truth ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.

«Bu arab, musulmon olami, Isroil, barça qöşni davlatlar va AQŞ uçun buyuk kun. Vositaçilik uçun Qatar, Misr va Turkiyaga rahmat aytamiz», deb qöşimça qildi Amerika prezidenti.

Muzokaralarning hal qiluvçi bosqiçi Misrning Şarm aş Şayx kurort şahrida ötkazilgan. Unda Amerika tomondan Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff, prezidentning yahudiy kuyovi Jared Kuşner, Qatar boş vaziri hamda Turkiya razvedkasi rahbari iştirok etgan.

Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu ham bu mamlakat uçun buyuk kun bölganini yozdi. U TSAHAL askarlari va Trampga alohida minnatdorlik bildirdi.

Bosib oliş rejasi-çi?

Endi videoning eng asosiy joyiga yetib keldik. Netanyahuning bayonotidagi bir qismiga e’tibor qiling: «Yaratganning inoyati bilan barça maqsadlarimizni amalga oşirib, qöşnilarimiz bilan tinçlikka erişişda davom etamiz». Bilasizmi, bu gapni öqigaç özi çindan Netanyahuning sahifasimi bu, deb qayta tekşirib kördim. Axir keçagina Nyu-Yorkda BMT minbarida turib Falastinni «terrorçi davlat» deb atagan xuddi mana şu Netanyahu emasmidi? «Terror davlati» endi birgalikda tinçlikka erişiladigan qöşni bölib qoldimi, janob boş vazir?

Yoki bölmasa, xuddi şu Netanyahu yaqindagina Ğazoni bosib oliş rejasi haqida e’lon qilib, bölgani okkupatsiya qilişga kirişmaganmidi? Nima böldiki, Isroil boş vaziri qöşinlarini Ğazodan olib çiqişga majbur bölmoqda? Sababi oddiy, Amerikaning bosimi zör kelsa, Isroil ortiq haddidan oşolmaydi. Maşhur serialda MRB vakili Mossad vakiliga aytganiday, Yaqin Şarqda avval Amerika manfaati, keyin Isroilning manfaati ustun turadi. AQŞ har qança Isroil mavjudligining sababçisi bölmasin, baribir öz manfaatlarini ustun qöyadi.