Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya gazini Markaziy Osiyo davlatlariga yetkazib berish hajmi 15 foizga oshdi
2025 yilning sakkiz oyida Rossiya gazini Markaziy Osiyoga, jumladan, O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi 15 foizga oshdi.
Bu haqda «Gazprom» bosh direktori Aleksey Miller Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
Millerning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa jadal iqtisodiy rivojlanishni namoyish etmoqda va Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti yaqin besh-olti yil ichida 60 foizga o‘sishi mumkin. Uning ta’kidlashicha, bu o‘sish energiya resurslariga, xususan, tabiiy gazga talabning oshishiga olib keladi.
«Biz 2025 yilning sakkiz oyi bilan 2024 yilning shu davrini solishtirmoqdamiz. Rossiya gazining Markaziy Osiyoga, jumladan, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga yetkazib berish hajmi 15 foizga oshdi. Bu katta hajmdir», — dedi «Gazprom» bosh direktori.
Miller, shuningdek, «Sila Sibiri - 2» doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar mintaqaga yetkazib berish hajmini yanada oshirish uchun katalizator bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, ushbu yo‘nalishlarning rivojlanishi Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, O‘zbekiston uchun barqaror energiya ta’minoti va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda yangi imkoniyatlar ochadi.
Mavzuga oid
18:43
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
18:06
Yevropa va Markaziy Osiyoda jazirama issiqning yangi to‘lqinlari kutilmoqda - JSST
10:10
Kiyev va Xarkiv yana hujum ostida: jabrlanganlar bor
09:50