Tibbiyotda bu simptomning yuzaga kelişiga bir neça omillar turtki bölişi ta’kidlanadi: yalliğlaniş (artrit), toğayning yemirilişi (artroz), muşak-suyak tizimidagi jarohatlar, ortiqça vazn, qon aylaniş buzilişi yoki buyrak faoliyatidagi nosozliklar.

Harakatsizlik

Hozirda köpçilik asosiy vaqtini ofisda ötirib, telefon yoki kompyuter bilan işlaşga sarflaydi. Bu esa tanani, ayniqsa, tizzalarni harakatsiz holatda uzoq saqlanişiga sabab böladi. Tizza böğimi suyaklar orasidagi maxsus suyuqlik yordamida harakatlanadi. Bu suyuqlik suyaklarning sirpanişini ta’minlab, böğimlarni oziqlantiradi. Ammo odam uzoq vaqt ötirganida mazkur suyuqlik yetarliça aylanmaydi, natijada suyaklar orasidagi sirpaniş mexanizmi buziladi. Dastlab tizzada yengil oğriq, qattiqlik yoki noqulaylik seziladi, vaqt ötgan sayin esa yalliğlaniş va surunkali oğriqlar paydo böladi.

Uzoq ötiriş qon aylanişini sekinlaştiradi, tizza atrofidagi muşaklar zaiflaşadi va böğimga tuşadigan bosim ortadi. Şuning uçun har 30–40 daqiqada örningizdan turib, bir neça daqiqa yuriş yoki çöziliş maşqlarini bajariş foydali. Eng oddiy harakatlar, masalan, tizzani bukib-yoziş, aylantiriş yoki yengil yuriş böğim suyuqligini harakatga keltirib, oğriqning oldini oladi.

Ortiqça vazn

Ortiqça vazn tizzalarga eng katta zarar yetkazadigan omillardan biri sanaladi. Tibbiy tadqiqotlarga köra, inson tanasidagi har bir ortiqça kilogramm tizzalarga tört barobar kuçli bosim tuşişiga sabab böladi. Ya’ni, 10 kilogramm ortiqça vazn tizzaga 40 kilogrammlik qöşimça yuk beradi. Natijada böğimdagi xaftaga (toğay) qatlam siyraklaşadi, suyaklar bir-biriga işqalanadi va tizzada oğriq hosil böladi.

Yuriş paytida tizzalarga tana vaznining 1,5 barobari, zinadan çiqişda esa 3–4 barobargaça bosim tuşadi. Ortiqça vazn nafaqat mexanik yukni oşiradi, balki böğim içida yalliğlaniş jarayonlarini ham kuçaytiradi.

Sportdagi notöğri yuklama

Jismoniy faoliyat soğliq uçun foydali, lekin har bir maşqning töğri texnikasi va bosqiçma-bosqiç oşirilişi zarur bölgan yuklamasi bor. Agar mazkur jarayon notöğri bajarilsa, masalan, yelka kengligidan tor holatda çönqayiş, oğirlik kötarişni tösatdan oşiriş, soviş/qiziş maşqlarisiz kuçli yuguriş yoki sakraş tizzalarga ortiqça va notöğri yuk tuşadi. Bunday holatlarda tizza xaftagi (xondral töqima) tezroq eskiradi, tendinit (tendon yalliğlanişi), meniskus yirtilişi yoki boğlam (ligament) şikastlanişi kabi muammolar paydo bölişi mumkin.